Quriliş-ta’mirlaş işlari olib borilişi munosabati bilan 3 iyul kunidan boşlab Yaşnobod tumanidagi Ohangaron şohköçasida transport vositalari harakati vaqtinça töxtatiladi. Bu haqda poytaxt IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.
Yölning yopiladigan qismi: THAY—Ohangaron şohköçalari aylanma harakatidan — Ohangaron şohköçasi böylab «Şarq» YPX maskanigaça bölgan qismi.
Işlarni bajariş muddati: 2025 yil 3 iyul kunidan 10 iyul kuniga qadar davom etadi.
«Yuzaga kelgan noqulayliklar uçun uzr söraymiz va haydovçilarga muqobil yönalişlardan foydalanib, Husayn Boyqaro, Parkent yöli, Xonobodtepa, Şohimardon köçalaridan harakatlanişlari tavsiya etiladi», deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, 2 iyul kuni Toşkent şahar Yaşnobod tumanidagi Rohat aylanma yölida avtomobil harakati vaqtinça yopilgandi.
Transport vazirligi Toşkent şahrining Bektemir tumani hududidan ötuvçi A-373 “Toşkent – Öş” avtomobil yölining 0–3 km oraliğida yölning asfalt-beton qoplamasini ta’mirlaş işlari amalga oşirilayotgani tufayli 3 iyuldan 8 iyulga qadar mazkur yöl uçastkasida harakat bir tomonlama yopilişi haqida ma’lum qilgan.









