Rossiya armiyasiga yollangan buxorolik yigit jinoiy jazoga tortildi.
Kun.uz tanişgan sud hukmida keltirilişiça, 1993 yilda Buxoro viloyatining Romitan tumanida tuğilgan A.R. 2018 yil 27 iyul kuni Qozoğiston orqali Rossiyaning Voronej şahriga borgan. U mavsumiy işlarda işlab yurgan davrida Özbekiston fuqaroligini saqlab qolgan holda Rossiya fuqaroligini olgan.
A.R. 2024 yil 13 may kuni Rossiya hududida 2019 yil sodir etgan jinoyati uçun qamoqqa olinib, Samara şahridagi 1-sonli vaqtinça saqlaş hibsxonasiga joylaştirilgan. Söngra hibsxonada Rossiya qurolli kuçlari safiga yollaş böyiça ötkazilgan tarğibot tadbirida Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşişga rozi bölgan.
U 2024 yil 18 iyul kuni Samara şahridagi harbiy qismda röyxatga olinib, unga harbiy guvohnoma, oddiy askar unvoni berilgan. Şundan keyin boşqa yollangan harbiy xizmatçilar bilan birga Luhanskka yuborilgan.
A.R. Rossiya armiyasi safida harbiy tayyorgarlikdan ötgan hamda Ukrainaga qarşi uruşda faol iştirok etgan. 2024 yil 27 iyul kuni harbiy bazaga berilgan raketa zarbasi oqibatida yaralanib, gospitalga olib ketilgan.
A.R. sudda aybiga töliq iqror bölgan.
«2019 yilda mast holatda maşinada bölgan yonğin öçiruvçi moslama bilan Xorazm viloyatidan bölgan bir şaxsning boş qismiga urib, u yerdan qoçib ketdim. 2024 yil 13 may kuni meni qamoqqa olişdi. Tergov jarayonida ikki oy qamoqda böldim. Öşa vaqtda harbiylar kelib, Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşişni taklif etişdi. Buning evaziga jazodan ozod qilişni va 2 mln rubl berilişini aytişdi. Men rozi böldim va şartnomaga imzo çekdim.
2024 yil 18 iyul kuni menga oddiy askar unvoni va harbiy guvohnoma berişdi. Söngra Luhansk şahriga olib borişdi. Öşa yerda joylaşgan binoning yertölasida kutib, uruşga tayyorgarlik körişni boşladik. Har kuni ertalab 5 km masofaga yugurib, maşq qildik.
2024 yil 27 iyulda biz turgan joyga 3 ta raketa kelib tuşdi. Şu vaqtda men bilan birga bölgan 30 nafar askar vafot etdi. Qolganlar esa turli darajada yaralandi. Men orqa muşagimga 2 ta oskolka kirib, jarohatlandim. Yarador askarlar qatori meni ham Rostov şahridagi gospitilga olib kelişdi. U yerdan çiqib, taksida Samara şahri qaytib keldim», degan yigit öz körsatmasida.
Söngra A.R. Yekaterenburg şahridagi harbiy qismgaga borgan. U yerda harbiy qismga tegişli gospitalda 21 kun davolangan va Samaraga qaytib kelgan. Bir tanişi unga gospitaldan çiqqandan söng harbiy qism tomonidan qidirilişini, uruşga qayta olib ketilişi yoki Rossiyadan çiqib ketişi kerakligini maslahat bergan.









