Muloqot çoğida Özbekiston tarixi, madaniyati va ilmiy merosiga oid qölyozmalarni örganiş, asrab-avaylaş va ommalaştiriş sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

Tomonlar qöşma körgazmalar taşkil etiş, Özbekiston va turkiy dunyoga oid nodir arxiv va qölyozma materiallarning raqamli nusxalarini almaşiş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş, jumladan, noyob manbalar faksimilesini yaratiş istiqbollariga alohida e’tibor qaratdi. Şuningdek, kataloglar tayyorlaş, qöşma naşrlar va ilmiy tadbirlar, jumladan, xalqaro anjumanlar, davra suhbatlari va taqdimotlar ötkaziş masalalari körib çiqildi.

Vengriya tomoni 2025 yil avgustidan 2026 yilning fevraligaça Özbekistonda bölib ötişi rejalaştirilgan "Özbekiston madaniy merosi – butun insoniyat merosi" xalqaro körgazmasining oçiliş marosimida iştirok etişga tayyorligini tasdiqladi. Bundan taşqari, körgazmada Vengriya Milliy kutubxonasi fondlarida saqlanayotgan Özbekiston va turkiy xalqlarga oid qölyozmalar nusxalarini taqdim etilişi ma’lum qilindi.

Muzokaralar yakunida Vengriya Milliy kutubxonasi negizida qölyozma merosini tiklaş, saqlaş va raqamlaştiriş böyiça Özbekiston mutaxassislari uçun qisqa muddatli malaka oşiriş kurslarini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.