Zoyid nomidagi insoniyat birodarligi mukofoti taşkilotçilari 2026 yilgi sovrindorni aniqlaşda iştirok etadigan hakamlar hay’ati a’zolarini e’lon qildi.

Hakamlar qatoridan Özbekiston prezidenti administratsiyasining rahbari Saida Mirziyoyeva ham joy olgan. Uning nomzodi Al-Azhar boş imomi Ahmad al-Toyib tomonidan ilgari surilgan.

Zoyid xalqaro mukofoti – dunyo böylab turli soha va mintaqalardan kelgan, insonparvarlik, birodarlik va hamjihatlik tamoyillarini ilgari suriş yölida fidokorona xizmat qilayotgan şaxslar hamda taşkilotlarni taqdirlaşga qaratilgan.

Mukofot nomi Birlaşgan Arab Amirliklari asosçisi, marhum Şayx Zoyid bin Sulton Al Nahayon şarafiga qöyilgan.

Turli sohalarda faoliyat yuritadigan va xilma-xil tajribaga ega hakamlar hay’ati 60 dan ortiq davlatlardan kelib tuşgan nomzodlarni baholab, iqlim özgarişi, kambağallikka qarşi kuraş, jamiyat rivojlanişi va soğliqni saqlaş kabi turli insonparvarlik taşabbuslari böyiça tanlov ötkazadi.

Hakamlar hay’atining olti nafar a’zosi quyidagilar:

  • Saida Mirziyoyeva – Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari
  • Keterin Rassell – YuNICEF ijroçi direktori
  • Şarl Mişel – Yevropa Kengaşining sobiq prezidenti, Belgiya sobiq boş vaziri
  • Moussa Faki Mahamat – Afrika Ittifoqi Komissiyasining sobiq raisi, Çad sobiq boş vaziri
  • Kardinal Xose Tolentino de Mendonsa – Muqaddas Taxtning Madaniyat va ta’lim böyiça dikasteriyasi prefekti
  • Sudya Muhammad Abdelsalom – Zoyid nomidagi Inson birodarligi mukofoti Boş kotibi.

“Uşbu nufuzli hakamlar hay’atiga Markaziy Osiyodan ilk a’zo sifatida qöşilayotganimdan behad mamnunman. Hay’atdagi hamkasblarim bilan birgalikda butun dunyoda jamiyatlarni yuksaltirayotgan va dolzarb muammolarni hal etayotgan e’tirof etilmagan gumanitar qahramonlarni tan olişni maqsad qilganmiz”, deya Saida Mirziyoyevadan iqtibos keltirilgan rasmiy press-relizda.

Qayd etilişiça, Mirziyoyeva hay’atga kiritilişi – jamoaga xotin-qizlar huquq va imkoniyatlarini kengaytiriş, inson huquqlari va ijtimoiy rivojlanişni ilgari suriş böyiça boy tajribani olib keladi.

Mukofot uçun arizalar qabuli 2025 yil 1 oktyabrgaça davom etadi. Nomzodlar öz arizalarini taşkilot