AQŞ prezidenti Donald Tramp 1 avgustdan Yaponiya va Janubiy Koreya tovarlariga 25 foizli boj joriy etilişini e’lon qildi. U özining Truth Social ijtimoiy tarmoğiga Janubiy Koreya prezidenti Li Çje Myon va Yaponiya boş vaziri Sigeru Isibaga yöllangan ikkita rasmiy xatni joylaştirdi.

«2025 yil 1 avgustdan boşlab biz barça sohalarga aloqador tariflardan taşqari, Qöşma Ştatlarga kirib keladigan har qanday yapon tovarlariga 25 foizli tariflarni joriy etamiz», — deyiladi Oq uyning Yaponiya boş vaziriga yöllagan xatda.

Janubiy Koreya prezidentiga yöllangan maktubda ham şu haqda söz boradi. «Yuqoriroq tariflardan qoçiş maqsadida tranzit orqali yuborilgan tovarlar ham uşbu oşirilgan bojlarga tortiladi», — deya qöşimça qilinadi xatida.

Tramp oşirilgan import bojlari joriy etilişi töğrisida aprel boşlarida e’lon qilgandi, ammo keyinroq buni 90 kunga keçiktirdi. Uşbu muddat 9 iyul kuni yakunlanadi. Ötgan muddat davomida AQŞ Vetnam, Xitoy va Buyuk Britaniya bilan savdo bitimlarini imzoladi.

Eslatib ötamiz, iyun oxirlarida Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğiga «Kanada bilan barça savdo muhokamalarini» töxtatişini va uşbu qaror zudlik bilan kuçga kirişini ma’lum qilgandi.