Tizimdagi jiddiy kamçiliklar uçun energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudovdan taşqari «Hududiy elektr tarmoqlari» rahbari Asrorjon Asqarov ham lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Şavkat Mirziyoyev 27-iyuldagi selektorda ma’lum qildi.
Şuningdek, «Milliy elektr tarmoqlari», «Issiqlik elektr stansiyalari», «Transgaz» va «Hududgaz» rahbarlariga yil yakunigaça sinov muddati belgilangan. Natija bölmasa, ular ham işdan ketişi haqida ogohlantirildi.
Asqarov «Hududiy elektr tarmoqlari»ga 2024-yil dekabridan buyon rahbarlik qilayotgandi. Endi uning örnini Sardor Isaqulov egallaydi.
Prezident yiğilişda yangi energetika vaziri Şerzod Xodjayev, «Hududiy elektr tarmoqlari»ning yangi rahbari Sardor Isaqulov va Energiya inspeksiyasining yangi boşliği Ahad Isoqjonov bugundan yangiça iş uslubini joriy qilişi şartligi ta’kidlandi.
«Hokimlar ham „Bu energetiklarning işi“ deb xotirjam ötirişga haqqi yöq. Sörov qattiq böladi», – dedi prezident.
Bugungi kunda ayrim hokimlarda infratuzilmani yaxşilaş böyiça aniq hisob-kitob mavjud emasligi qayd etildi. Tarmoqdagi yöqotişlar 17,2 foizni taşkil etmoqda. Ötgan olti oyda 4,8 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi yöqotilgan.
Andijon şahri, Asaka, Yangiobod, Koson, Kökdala, Boysun, Oltinsoy, Qöştepa, Toşloq, Qöşrabot va Samarqand tumanida yöqotişlar 25 foizdan yuqori.
ASKUE va ASKUG tizimi joriy qilinganiga tört yildan oşgan bölsa-da, aholi xonadonlariga örnatilgan 300 mingta gaz va 234 mingta elektr hisoblagiç tarmoqqa ma’lumot uzatmayapti. Oqibatda ayrim hududlarda debitor qarzdorlik kamayiş örniga köpaymoqda.
Lekin köp rahbarlar samaradorlik deganda faqat quyoş paneli örnatişni tuşunib yurgani, uy energiya samarador bölmasa, sarflangan mablağ behuda ketaverişi qayd etildi.
Ma’lumot uçun, «HET»ning yangi rahbari Sardor Isaqulov 1986-yilda Toşkent viloyatida tuğilgan. 2011-yilda Toşkent davlat texnika universitetini tamomlagan.
U mehnat faoliyatini 2006-yilda Markaziy magistral elektr tarmoqlari elektr energiyasi uzatilişini hisoblaş bölimida elektr montyori vazifasidan boşlagan. Şuningdek, Energetika vazirligida mas’ul vazifalarda işlagan.
2023-yil iyulidan «Issiqlik elektr stansiyalari» aksiyadorlik jamiyati boşqaruv raisining işlab çiqariş, mahalliylaştiriş, koperatsion aloqalarni kengaytiriş böyiça birinçi örinbosari lavozimida işlagan. 2025-yil noyabridan buyon Toşkent viloyati Böka tumaniga hokimlik qilayotgandi.

















