Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning dastlabki olti oyida mamlakatda qayd etilgan yo‘l-transport hodisalari oqibatida 3 306 nafar kishi jabrlangan.

Hududlar kesimida Toshkent shahri 420 ta YTH bilan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati - 311 ta, Toshkent viloyati - 271 ta, Farg‘ona viloyati - 218 ta va Namangan viloyati - 196 ta YTH bilan qayd etilgan.

Shuningdek, Andijon viloyatida 160 ta, Qashqadaryo viloyatida 135 ta, Surxondaryo viloyatida 120 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 114 ta, Xorazm viloyatida 85 ta, Navoiy viloyatida 83 ta, Jizzax viloyatida 75 ta va Sirdaryo viloyatida 50 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Eng past ko‘rsatkich Buxoro viloyatida qayd etilib, yilning birinchi yarmida hududda 48 ta YTH sodir bo‘lgan.