Kun.uz avvalroq Toşkent şahridagi yangi avtobus bekatlari haqida aholi vakillari fikrini yoritgan edi. Tahririyat navbatdagi materialida bekatlarni örnatayotgan kompaniya va poytaxt rasmiylari izohini taqdim etadi.

Ma’lum qilinişiça, bekatlarni örnatişga davlat mablağlari işlatilmayapti, barça xarajatlar bu huquqni auksionda yutib olgan kompaniya hisobidan amalga oşirilyapti.

Tadbirkor kiritgan investitsiyasini bekatlarda reklama joylaş va vending apparatlari orqali çiqarib olişni közlagan.

“Byudjyetdan pul olmayapmiz”

Yangi bekatlarni quriş va rekonstruksiya qiliş işlari oçiq elektron auksionlar orqali amalga oşirilmoqda. Auksionlarda 230 ta bekat böyiça ijara huquqini “Ewi Snacks” MÇJ yutib olgan.

Korxona bu bekatlarni namunaviy loyiha asosida rekonstruksiya qiliş, kamida 70 tasiga vending apparati örnatiş va yana 230 ta ijtimoiy bekat (çetroq joylarda) quriş majburiyatini olgan.

“Xususiy tadbirkor sifatida hammasini özimizning mablağimiz hisobidan qilamiz. Byudjyetdan yoki davlat jamğarmalaridan pul olmaymiz”, – dedi Ewi Snacks vakili Jahongir Abdurahmonov.

Uning sözlariga köra, kompaniya bekatlarni taşkil etiş işlarini bosqiçma-bosqiç olib boryapti: avvaliga bekatlarning konstruksiyalari örnatib çiqilgan, şundan keyin perronlar, örindiqlar, çiqindi qutilari kabilar qöyib borilyapti. Hozirça 200 dan ortiq bekatlar yarim tayyor holatda, ya’ni ulardagi eng muhim oltita element örnatib bölingan.

Tadbirkor Kun.uz bilan suhbatda bekat elementlarining narxini aytib ötdi. Unga köra, perron – 24 mln söm, konstruksiya – 21 mln söm, laytbokslar (reklama monitori) – 8-9 mln söm, elektron tablo – 5-5,5 mln söm, kameralar – 2-4 mln söm, örindiq – 2 mln söm, elektr tarmoği tortiş ayrim joylarda 12 mln sömgaça, vending apparati esa 36–40 mln söm turadi. Bundan taşqari, internet va SOS tugmasi faol işlab turişi uçun har oy abonent tölovlari tölanadi.

“E’tirozlar inobatga olinadi”

Qayd etiş kerak, amalda poytaxtdagi köplab eski bekatlar talabga javob bermaydigan perron ustidagi metall soyabon va örindiqdan iborat bölib, ulardan taşqari faqat çiqindi qutisi va avtobuslar grafigi körsatilgan metall lavha bor xolos.

Yangi bekatlar esa imkoniyati çeklangan şaxslarga moslaştirilgan perron, avtobus keliş vaqtini körsatadigan elektron tablo, xavf tugmasi, kuzatuv kamerasi va vending apparatlari kabi qulayliklarga ega böladi. Bekatni ijaraga olgan korxona bekatning tozaligi va qutilardagi çiqindilarni olib ketişni ham ta’minlaydi.

Yöl harakatini taşkil etiş markazi xodimi Olloyor Norbötayevning aytişiça, ijtimoiy tarmoqlarda bildirilayotgan fikr va takliflarni inobatga olgan holda, köproq soya tuşişi va yoğingarçilikdan yaxşiroq pana qilişi uçun yangi bekatlarning tom qismini kengaytiriş, bekat tomida issiqlikni qaytaradigan materiallardan foydalaniş va tadbirkorning taşabbusi bilan aholi gavjum ayrim bekatlarda ventilyatorlar örnatiş reja qilinmoqda.

Uning qöşimça qilişiça, ba’zi holatlarda bekat dizaynini tubdan özgartiriş imkonsiz: masalan, Farğona yöli köçasida bekatlar asosiy yöl va qöşimça yöl örtasida joylaşgan bölib, u yerdagi mavjud şaroit bekatga soya tuşişini ta’minlaş imkonini bermaydi.

Toşkent şahar transport boşqarmasi boşliği Mirakbar Ikromovning sözlariga köra, poytaxtda 2871 ta avtobus bekati mavjud bölib, şundan 753 tasi dökonli bekatlar, 700 tadan ortiği esa yetarliça jihozlanmagan – 2026-2027 yillarda ularni qayta rekonstruksiya qiliş reja qilingan.

2026 yil dekabriga qadar jami 496 ta bekat foydalanişga topşirilişi kutilyapti. Şundan 230 tasi töliq zamonaviy, qolganlari esa soddaroq ijtimoiy bekatlar böladi.

Mas’ullar aholi tanqidlari loyiha uçun foydali ekanini, jamoatçilikning örinli takliflari asosida bekatlar dizayni va qulayliklari takomillaştirilayotganini bildirdi.