Qayd qilinişiça, 2025 yilda har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş ustuvor vazifa etib belgilangandi hamda kriminogen vaziyati oğir mahallalarga mas’ul rahbarlar nomma-nom biriktirildi.

Ötgan olti oyda har bir viloyat, tuman va mahalla böyiça manzilli “yöl xaritalari” asosida ijtimoiy profilaktikaning samarali tizimi yölga qöyildi, jamoat joylarini raqamlaştiriş qamrovi oşirildi, huquq-tartibot oliygohlari tomonidan ilmiy-amaliy örganişlar ötkazildi. Alohida e’tibor voyaga yetmaganlar, yoşlar, ayollar va oila-turmuş munosabatlari doirasidagi jinoyatçilikni jilovlaşga qaratildi. Buning natijasida 5 ming 200 ta mahallada birorta ham jinoyat bölmadi.

Ta’kidlanişiça, kriminogen vaziyati oğir mahallalar hali ham bor. Profilaktika inspektorlari, tezkor-qidiruv, patrul-post va qöriqlaş xizmati faoliyatini kuçaytirib, aholi xavfsizligini joylarda ta’minlaş şartligi qayd etildi. Butun tizimni pastga tuşirib, har bir mahallani jinoyatçilikdan xoli hududga aylantiriş zarurligi ta’kidlandi.

Aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida giyohvandlik holatlari köp uçrab turibdi. Bunga qarşi kuraşilayotgan, zararli vositalar va laboratoriyalar yöq qilinayotgan bölsa-da, muammo töla bartaraf bölmagan. Şu bois videokuzatuv kameralari va sun’iy intellektni qöllab, giyohvandlik moddalari tarqalişini aniqlaş, manbasini tag-tomiri bilan yöq qiliş kerakligi körsatib ötildi.

Bugungi kundagi yana bir dolzarb muammo – kiberjinoyatçilik. Yurtimizda yil boşidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini şu illat taşkil qilgan.

Şu jihatdan, kiberjinoyatlarning oldini oliş, aholining bu boradagi bilimi va ogohligini kuçaytiriş, tölov tizimlarida mijozlarining manfaati va moliyaviy xavfsizligini ta’minlaş zarurligi aytildi.

Soha xodimlarining bilim va malakasini oşiriş – zamon talabi. Şu bois Içki işlar vazirligi Akademiyasi faoliyatini takomillaştiriş közda tutilgan. Jumladan, unga qabul kvotasini bosqiçma-bosqiç oşiriş, yangi yönalişlar oçiş va dual ta’limni rivojlantiriş rejalaştirilmoqda.

Davlat rahbari ta’lim va malaka dasturlarini zamonaviy xavf-xatarlarga moslaştiriş, xodimlarning jangovar va ruhiy şayligini oşiriş böyiça körsatmalar berdi.