Rossiya prezidenti hozirda maxsus komissiya faoliyat olib borayotgani va jarayon boş vazir nazoratida ekanligini taʼkidlagan.

«Kuni keça Hukumat raisi bilan bu mavzuda körişib, suhbatlaşdik. Ha, hamma masalalar ham töliq hal etilmagan, biroq çoralar körilmoqda. Boş vazir vaziyatni nazoratda uşlab turibdi, maxsus komissiya tuzilgan. Albatta, odamlar uçun maʼlum bir noqulayliklar bor, lekin hukumat buni doimiy nazorat qilişi şart», - dedi Putin.

Joriy yilning may oyi oxiridan boşlab Ukraina dronlarining hujumlari fonida Rossiyaning qator hududlarida yoqilği yetkazib berişda uzilişlar kuzatila boşlagandi. Töliq yoki qisman çeklovlar 80 dan ortiq hududga taʼsir qildi.

Inqiroz çuqurlaşişi iyun oyi va iyulning birinçi yarmiga töğri kelgandi. Bu davrda Rossiya mintaqalarida benzin sotuviga turli çeklovlar joriy etildi, odamlar yonilği quyiş şoxobçalarida soatlab navbatda turişga majbur böldi. Şundan keyin Ukraina harbiylari eʼtiborini neftni qayta işlaş zavodlaridan Wildberries marketpleysi omborlariga qaratdi, regionlarda yonilği sotuviga qöyilgan çeklovlar bekor qilinişi boşlandi. Ammo, avgust oyidan boşlab taʼminot borasida yana jiddiy muammolar kuzatila boşladi.