24-avgust kuni Rossiyaning bir neçta hududida Ozon kompaniyasiga qaraşli logistika markazlari dronlar hujumiga uçradi.
Kompaniya maʼlumotiga köra, Adigeyadagi Ozon logistika markaziga uçuvçisiz uçiş apparati zarbasidan söng yirik yonğin boşlangan.
Ombordagi barça xodimlar evakuatsiya qilingan. Dastlabki maʼlumotlarga köra, jabrlanganlar yöq. Voqea joyida favqulodda xizmatlar işlamoqda, logistika markazining faoliyati esa töxtatilgan.
Xavfsizlik maqsadida uşbu markazda saqlanayotgan tovarlarni onlayn buyurtma qiliş imkoniyati vaqtinça çeklanadi. Sotuvçilardan tovarlarni qabul qiliş ham töxtatilgan, omborga yönaltirilgan logistika marşrutlari bekor qilinib, yuklar boşqa obyektlarga yönaltiriladi.
Nevinnomiskda 93 ming kvadrat metrlik ombor yonmoqda
Stavropol ölkasidagi Nevinnomisk şahrida ham Ozonʼning yirik logistika markazi hujumga uçragan.
ASTRA keltirgan OSINT-tahlilga köra, dron hujumidan keyin omborda yonğin boşlangan. Binoning umumiy maydoni 93 514 kvadrat metrni taşkil etadi.
Mazkur markaz oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarini saqlaş va saralaş, buyurtmalarni jamlaş hamda ularni mijozlarga jönatiş uçun möljallangan.
Stavropol ölkasi aholisi portlaş ovozlari eşitilganini bildirgan. Hudud gubernatori Vladimir Vladimirovning maʼlum qilişiça, havo hujumidan mudofaa kuçlari Nevinnomisk sanoat zonasiga qaratilgan dronlar hujumini qaytarmoqda.
Mahaçqalʼada bir neça kişi jabrlandi
24-avgust kuni soat taxminan 05:00 da Mahaçqalʼadagi Ozon logistika markazi ham dronlar hujumiga uçragan.
Kompaniya matbuot xizmati maʼlumotiga köra, obyektdagi tizimlar belgilangan tartibda işlagan va xodimlar tezkor ravişda evakuatsiya qilingan.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, bir neça kişi jabrlangan. Ular tibbiyot xodimlari tomonidan körikdan ötkazilgan. Kompaniya jabrlanganlarning hayoti va soğliğiga xavf yöqligini bildirgan.
Logistika markazida yonğin boşlangan, voqea joyida favqulodda xizmatlar işlamoqda. Ombor faoliyati vaqtinça töxtatilgan.













