Hindiston hukumati Air India aviakompaniyasining Ahmadobod şahridan Londonga parvoz qilgan va havoga kötarilganidan köp ötmay qulagan Boeing 787 Dreamliner samolyoti halokati böyiça tergovning dastlabki xulosalarini e’lon qildi.

Hisobotda aytilişiça, samolyot darhol tortiş kuçini yöqotib, pastlay boşlagan, uçuvçilar esa dvigatellarga yoqilği uzatiş tumbleri öçirib qöyilgani haqida gaplaşişgan.

Halokat va unga oid rasmiy ma’lumotlar bir oy davomida e’lon qilinmagani turli taxminlar paydo bölişiga olib keldi. Mutaxassislarning forumlarida (ularda amaldagi va sobiq uçuvçilar hamda aviatsiya muhandislari iştirok etadi) quyidagi versiyalar muhokama qilingan:

  1. Uçuvçilar tasodifan (balki şassini yiğaman deb) samolyot qanotidagi ortqanotça (zakrilka) va oldqanotça (peredkrilka)larni uçişdagi 5 pozitsiyadan 0 pozitsiyaga – ya’ni, kruiz parvozi uçun möljallangan holatga – ötkazib yuborgan bölişi mumkin. Ortqanotçalar past tezlikda (uçiş va qöniş paytida) qanot kötaruvçi kuçni oşiriş uçun işlatiladi. Qanot yuzasi qisqarişi past tezlikda kötaruvçi kuçni kamaytirib, samolyot qulaşiga olib kelgan bölişi mumkin, deb hisoblaşdi uşbu versiya mualliflari.
  2. Noma’lum sabablarga köra har ikki dvigatel işdan çiqqan. Bu juda kam uçraydigan holat bölib, muhokamalarda bunday nosozlikning ehtimoliy sabablari keltirildi – dvigatelga katta quşlar galasi urilişi (eng keng tarqalgan sabab), yoqilğining suv, buğ yoki boşqa modda bilan ifloslanişi kabi omillar nazarda tutildi.
  3. Dvigatellarni boşqaruvçi mustaqil raqamli tizim (FADEC – Full Authority Digital Engine Control) notöğri işlagan, natijada dvigatellar öçirilgan bölişi mumkin.
  4. Pilotlar tomonidan yonilği yetkazib berişning qasddan yoki hatto yovuz maqsadda öçirilişi.

BBC muxbiri Teo Leggetning xabar berişiça, tergov ekipajning harakatlariga qaratilgan.

Hindistonning Aviatsiya hodisalarini tekşiriş byurosining 15 sahifali hisobotida aytilişiça, ikkala yoqilği uzgiçi ham parvozdan köp ötmay «run» (ya’ni «iş») holatidan «cut-off» (ya’ni «öçirilgan») holatiga keltirilgan.

Odatda bu tumblerlar samolyot yerda bölganda dvigatellarni işga tuşiriş va töxtatiş uçun işlatiladi. Dvigatellarga yoqilği beriş tösib qöyilgani sababli, ular torta olmay qoladi.

Dvigatellar samolyotning barça tizimlariga elektr energiyasi va gidravlik bosim yetkazib beradi. Biroq zaxira tizimlar ham bor va ular muvaffaqiyatli işga tuşgan: laynerning kompyuter tizimlari algoritm böyiça avval favqulodda turbina (RAT – havo oqimida aylanib, şoşilinç energiya işlab çiqaradigan «vint»)ni, keyin esa yordamçi kuç qurilmasini yoqqan. Bu tizim elektr bilan töliq ta’minlaydi, ammo parvozni davom ettiriş uçun tortuvçi kuç bermaydi.