Özbekiston Prezident administratsiyasining yangi tuzilmasi tasdiqlandi. Bu Şavkat Mirziyoyev tomonidan «Davlat boşqaruvi tizimida samaradorlik, proaktivlik va natijadorlikni oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi imzolangan farmonda belgilandi, deya xabar qildi prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov.

Farmonga köra, administratsiya va uning tarkibidagi taşkilotlarda 284 ta ştat qisqartirildi, takrorlanuvçi lavozimlar optimallaştirildi.

Farmonga asosan, endilikda Prezident administratsiyasi faoliyatida 5 ta ustuvor yönaliş belgilandi. Bular: ta’lim, biznes, sud-huquq tizimi, tibbiyot va suv resurslari masalalaridir. Uşbu yönalişlarda islohotlarni samarali amalga oşiriş maqsadida Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar örinbosar lavozimi joriy etildi.

Bundan taşqari, prezidentning strategik rivojlaniş, taşqi siyosat böyiça yangi maslahatçi lavozimlari kiritilib, moliyaviy texnologiyalar, raqamlaştiriş va sun’iy intellekt, kreativ iqtisodiyot va turizmni rivojlantiriş, jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi, tadbirlarni taşkillaştiriş, yiğiliş va hududlarga taşriflar uçun tahliliy kontent tayyorlaş böyiça, şuningdek, kommunikatsiya departamentlari taşkil etildi.

Eslatib ötamiz, Prezident administratsiyasi tuzilmasi 2023 yil avgust oyida özgargandi. Öşanda PA rahbari lavozimi tugatilgan, şuningdek, yana ikkita prezident yordamçisi lavozimi joriy etilib, maslahatçilar soni 9 nafardan 11 nafarga oşirilgandi.

2025 yil iyul oyida esa prezident farmoni bilan Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tiklanib, bu lavozimga prezident yordamçisi Saida Şavkatovna Mirziyoyeva tayinlangandi.