Maʼlum bölişiça, taʼlim sohasidagi funksiyalar muxtasar qilib taʼriflaganda quyidagiça taqsimlangan:
Taʼlim va fan vazirligi joriy faoliyat va taşkiliy işlarga javob beradi. Taʼlim sifati, yangi maktablar, bolalar boğçalari va universitetlar qurilişi, şuningdek, tarbiya jarayoni va bolalar manfaatlarini himoyalaş vazirlik tasarrufida.
Taʼlimni rivojlantiriş markazi taʼlim laboratoriyasi vazifasini bajaradi. Markaz mutaxassislari darsliklar, öquv qöllanmalari, dasturlar va metodikalarni işlab çiqadi, şundan söng ularni amaliyotga joriy qiladi, monitoring olib boradi va takomillaştiradi.
Zafar Hoşimov rahbarligidagi guruh mamlakatdagi ön mingta maktabning tuzilmasini tahlil qiladi. Taʼlim sifati va tuzilmasini yaxşilaş böyiça aniq takliflar işlab çiqiş maqsadida içki biznes-jarayonlarni örganadi hamda tizimdagi muammo va kamçiliklarni aniqlaydi.
Prezident Administratsiyasi global masalalar – taʼlim sohasida strategiyani işlab çiqiş, muvofiqlaştiriş va umumiy siyosatni yuritiş bilan şuğullanadi.
Avvalroq Erkinjon Turdimov Özbekiston boş vazirining birinçi örinbosari – taʼlim va ilm-fan vaziri etib tayinlangan edi.

















