Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisida mahallalarda xavfsiz muhit yaratiş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş tizimi hamda jamoat tartibini saqlaş sohasiga oid qonun loyihasi körib çiqildi.
Qayd etilişiça, kriminogen vaziyat oğir mahallalarda holatni barqarorlaştiriş hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qiliş maqsadida mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati takomillaştirilib, profilaktika boş va kiçik inspektori lavozimlari joriy etilgan. Biroq içki işlar organlari tizimidagi işlarni köriş va çoralarni qöllaş vakolati faqat mahalladagi profilaktika inspektorlariga berilgan bölib, bunday vakolat huquq-tartibot maskanlardagi boş va kiçik inspektorlarida mavjud emas.
Şu bois uşbu qonun loyihasi bilan huquq-tartibot maskanlaridagi uşbu inspektorlarga ma’muriy işlarni köriş va çoralarni qöllaş vakolati berilmoqda.
Bundan taşqari, hozirda içki işlar organlarining patrul-post xizmati inspektorlariga aniqlangan ayrim huquqbuzarliklar böyiça ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştiriş vakolati berilgan bölsa-da, uşbu ma’muriy bayonnomalar yuzasidan çoralarni qöllaş vakolati tizimdagi boşqa mansabdor şaxslarga, jumladan, iş yuklamasi katta bölgan tuman (şahar) içki işlar bölim boşliqlari va örinbosarlari, transportda xavfsizlikni ta’minlaş bölinmalari boşliqlari hamda profilaktika inspektorlariga yuklatilgan.
«Bu esa ma’lum iş böyiça qaror qabul qilinişda fuqarolarning ortiqça vaqt sarflaşiga sabab bölmoqda. Şu sababli, mazkur qonun loyihasi bilan patrul-post xizmatining mansabdor şaxslari tomonidan tuzilgan ma’muriy bayonnomalarni körib çiqiş vakolati ularning rahbariyatiga ham berilmoqda», - deyiladi xabarda.
Mahallalarda kriminogen vaziyatni barqarorlaştiriş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini oliş hamda jamoat tartibini saqlaş borasidagi işlar samaradorligini oşirişni nazarda tutuvçi mazkur qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinçi öqişda qabul qilindi.








