Turkiyaning Istanbul şahri sobiq meri Akrom Imomöğli öz vazifasini bajariş çoğida mansabdor şaxsni omma oldida haqorat va tahdid qilganlikda aybdor deb topilib, 1 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum etildi.
Jinoiy işga Imomöğlining 2025 yil yanvarida Istanbul boş prokurori Oqin Gurlek şa’niga aytgan bayonotlari sabab bölgan. Aynan qanday bayonotlar haqida gap ketayotgani ma’lum emas.
Sud jarayoni Istanbuldagi Oğir jinoiy işlar böyiça sud zalida ötişi kerak edi, ammo zalning «yetarli darajada katta bölmagani» sababli Silivri şahridagi Marmara jazoni ijro etiş yopiq muassasasida bölib ötdi.
Prokuratura Imomöğli uçun 2 yil 8 oydan 7 yilu 4 oygaça qamoq jazosini söragan edi. Ayblov tomoni şuningdek, muayyan huquqlardan mahrum qilişni nazarda tutuvçi 53-moddani qöllaşni söradi (ya’ni, «siyosiy taqiq»). CNN Turk naşrining yozişiça, hukmda sobiq merning siyosiy faoliyatiga heç qanday çeklov qöyilmadi.
Qayd qilinişiça, sudda Imomöğli ayblovlarni rad etib, jinoiy iş siyosiy sabablarga köra ekanini aytdi.
2025 yil mart oyida muxolifatdagi Jumhuriyat Xalq partiyasi (CHP) vakili, Istanbul şahri meri Akrom Imomöğli korrupsiya va terrorçi taşkilotlarga aloqadorlik böyiça tergov doirasida Istanbulda hibsga olingan edi.
Bu CHP qurultoyi arafasida yuz berdi, unda Imomöğli navbatdagi prezidentlik saylovida nomzod sifatida körsatilişi kerak edi. Turkiyalik siyosatşunoslar Istanbul merini amaldagi prezident Rajab Toyyib Erdöğanning asosiy siyosiy raqibi deb hisoblaydi.












