Özbekistonning Uzcard (“Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJ) va Qirğizistonning “Elkart” (“Banklararo protsessing markazi” AJ) tölov tizimlari öz kartalari örtasida pul ötkazmalarini yölga qöydi.
Uzcard xabariga köra, yangi xizmat ikki operator örtasidagi hamkorlik natijasi bölib, çegaradoş davlatlar fuqarolari uçun moliyaviy aloqalarni mustahkamlaş va qulaylikni oşirişga qaratilgan.

Foydalanuvçilar endilikda Uzcard kartasidan “Elkart” kartasiga va aksinça yönalişda pul ötkazişi mumkin. Qayd etilişiça, transçegaraviy operatsiyalarda “qulay valuta kursi” taklif etiladi.
Özbekistonda dastlabki bosqiçda bu xizmatdan Unired (Universalbank) ilovasi orqali foydalaniş mumkin. Kelgusida Özbekistondagi boşqa tijorat banklari ham ulanişi rejalaştirilgan. Qirğizistonda esa xizmat Elcard Mobile ilovasida mavjud.

Uzcard'ni boşqaruvçi UCMG kompaniyasining tijorat direktori Olimjon Zokirov transçegaraviy ötkazmalar işga tuşirilişini “mintaqaviy tölov hamkorligini rivojlantiriş yölidagi muhim qadam” deb atadi.

“Elkart” bilan hamkorlikda ikki davlat fuqarolari uçun kundalik moliyaviy operatsiyalarni yanada oddiy, qulay va işonçli qiladigan infratuzilmani barpo etmoqdamiz”, – dedi Zokirov.

“Banklararo protsessing markazi” AJ (“Elkart”) raisi Turatbekov Oltimiş bugungi kunda davlatlar, qarindoşlarni birlaştiradigan yeçimlar har qaçongidan ham muhimligini aytdi.
“Elkart” va Uzcard kartalari örtasidagi yangi pul ötkazmalari xizmati oçiqlik va qulaylik sari taşlangan navbatdagi qadamdir. Işonçimiz komilki, mazkur xizmat mehnat qiluvçi migrantlar hamda ikki davlat çegarasidagi yaqinlariga yordam körsatadigan fuqarolar uçun foydali böladi”, – dedi u.

Ma’lumot uçun, ötgan yili Toşkentda bölib ötgan “Uzcard Forum” doirasida ikki tomon örtasida hamkorlik memorandumi imzolangan.








