Amerikadagi Astronomer IT-kompaniyasi öz boş direktori Endi Bayron iste’foga çiqqanini e’lon qildi.

«Avval aytib ötilganidek, Astronomer taşkil etilganidan beri biz qadriyatlar va madaniyatga sodiq. Rahbarlarimizdan xulq-atvorda ham, mas’uliyatda ham standartlar örnatiş kutiladi, ammo sönggi paytlarda bu standartlarga rioya qilinmayapti. Endi Bayron iste’foga çiqdi va direktorlar kengaşi uning iste’fosini qabul qildi», – deyiladi kompaniya tomonidan 19 iyulda e’lon qilingan bayonotda.

Kompaniyadagilar direktorlar kengaşi yangi boş direktor izlaşni boşlagani, hozirça rahbar vazifasini Astronomer hammuassisi va mahsulotlar böyiça boş direktori Pit Dedjoy vaqtinça bajarib turgani ta’kidlangan.

17 iyul kuni Coldplay guruhi konsertining tanaffusi vaqtida an’anaviy «Öpiç kamerasi» şousi taşkil etildi. Unda TV kamerasi konsertga birga kelgan erkak va ayolga qaratiladi, ular esa bir-birini öpişi kerak böladi. Uşbu şou Qöşma Ştatlardagi köplab tadbirlar, sport öyinlarida maşhur bölib, köngiloçar an’anaga aylangan.

Öşa kuni ham kamera bir-birini quçib turgan juftlikka qaratildi. Ular esa özini ekranda körişganida, erkak tösiqlar ortiga yaşirindi, ayol esa yuzini qöllari bilan berkitib, teskari ögirildi. «Qaranga-a. Yoki ular örtasida işqiy roman bor, yoki ular juda uyatçan», – deya vaziyatni şarhladi Coldplay frontmeni Kris Martin.

Konsertdan olingan rolik ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. OAV ma’lumotlariga köra, video qahramonlari – Astronomer boş direktori Endi Bayron hamda uning hamkasbi, xodimlar böyiça direktor Kristin Kebot. Şu bilan birga, Bayron oilali ekani barçaga ma’lum, u xiyonatda gumon qilingan. Kebot ham turmuşga çiqqan bölişi mumkin, u buni omma oldida tasdiqlamagan.

Video tarqalişi ortidan Astronomer içki tekşiruv boşlagandi.

Bayron ham, Kebot ham virusli rolik yuzasidan izoh bermadi

Astronomer’​​ning hodisadan keyin e’lon qilgan bayonotlarida Kristin Kebot tilga olinmagan.