Google kompaniyasi Android smartfonlaridagi zilzila haqida ogohlantiriş tizimi qanday işlaşi böyiça tuşuntiriş berdi.
Bu funksiya akselerometrga asoslangan bölib, u odatda tezlikni qayd etiş va avtomatik burilişni ta’minlaş uçun qurilmaning harakati va yönalişidagi özgarişlarni aniqlaş uçun işlatiladi.
Smartfonlarga odatda uçta öq böyiça tezlanişni ölçaydigan akselerometr örnatilgan: gorizontal, vertikal, çuqurlik. Google mana şunday akselerometrdan zilzila haqida ogohlantiriş tizimi va seysmik faollikni aniqlaş uçun ma’lumot töplaydi.

Android Authority şarhlovçilari sözlariga köra, akselerometr zilzila paytida tuproqning tebranişini ham aniqlay oladi. Uşbu ma’lumotlar va foydalanuvçining taxminiy manzili Google serverlariga yuboriladi, ular zilzila faktini tasdiqlaş va uning joylaşuvi va kuçini aniqlaş uçun hududdagi köplab telefonlardan olingan ma’lumotlarni umumlaştirib, tahlil qiladi.
Qayd qilinişiça, sönggi tört yil içida tizim 18 mingdan ortiq zilzilani qayd etdi va bu haqda «qariyb 100 ta mamlakatdagi millionlab odamlarni» ogohlantirdi. Foydalanuvçilar zilzila boşlanişidan kamida 15 soniya oldin, agar ular episentrga eng yaqin bölsa, taxminan bir daqiqa oldin ogohlantiriladi. Ta’kidlanişiça, bu xavfsiz joyga çiqib oliş imkoniyatlarini oşiradi va ehtiyot çoralarini köriş uçun ozgina bölsa-da, imkon beradi.
Android Earthquake Alers System 2020 yilda Android tizimida paydo böldi. Google 2021 yil iyun oyida uni Markaziy Osiyoning bir qator mamlakatlarida, jumladan, Özbekistonda ham joriy qildi. Bu şuni anglatadiki, Özbekistondagi Android foydalanuvçilari smartfon akselerometri yordamida aniqlangan xavfli zilzilalar haqida ogohlantiriş olişi mumkin. Bu tizimni telefon sozlamalarida yoqiş mumkin.











