Fransiyada yana ommaviy namoyişlar bölib ötmoqda – yoşlar yaşaş narxi oşişiga qarşi hamda maktablarda öqiş şaroitlarini yaxşilaş va oliy öquv yurtlariga kirişning hozirgi tizimini bekor qiliş uçun köçalarga çiqqan. Bu kabi kölamdagi yirik namoyişlar 6-oktabr kuni ham bölib ötgandi, öşanda butun mamlakat böylab norozilik aksiyalarida, turli baholarga köra, 250 mingdan 450 minggaça kişi iştirok etgandi. Bu safargi aksiyalarda esa 500 mingdan 800 minggaça aholi köçalarga çiqqani aytilmoqda. Namoyişlarda maktab öquvçilari, talabalar, «sariq nimçalilar» harakati aʼzolari, kasaba uyuşmalari faollari, ekofaollar, fermerlar va boşqalar köçalarga çiqqan.
Norozilik aksiyalari keng kölamli tartibsizliklar va talonçiliklar bilan birga keçgan. Politsiya bilan töqnaşuvlar yuzaga kelmoqda, namoyişçilarga qarşi közdan yoş sizdiruvçi gaz va suv purkagiçlar qöllanmoqda. Butun mamlakat böylab mingdan ortiq kişi qölga olingan.
Parijda va boşqa yirik şaharlarda yöllardagi avtomobillar hamda dökonlar jabrlangan. Marselda namoyişçilar şahar meriyasiga bostirib kirgan, Lionda şahar turizm idorasi binosiga öt qöyilgan.
Şuningdek, Limoj şahridagi ratuşa binosiga öt qöyilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda minora va tomning katta qismi qulab tuşgani, bino fasadining uçdan ikki qismi vayron bölganini köriş mumkin. Mahalliy rasmiylar buni «madaniy meros uçun falokat» deb atadi. Yonğin oqibatida jabrlanganlar yöq.
Limojdagi şahar ratuşasi 1883-yilda qurilgan bölib, bino Fransiyaning tarixiy yodgorliklari röyxatiga kiritilgandi.
Quyida 17-oktabr kungi namoyişlar vaqtida mamlakatning turli çekkalarida olingan suratlar:




























