Amur oblastida An-24 yölovçi samolyoti yöqolib qoldi, deb xabar berdi 24 iyul kuni «Interfaks» favqulodda xizmatlarga tayanib.
An-24 samolyoti Xabarovsk-Blagoveşçensk-Tinda yönalişi böyiça uçgan. Agentlik suhbatdoşining sözlariga köra, qöniş arafasida havo kemasi bilan aloqa yöqolgan.
Baza telegram-kanali ma’lumotlariga köra, An-24 qönişga tayyorgarlik körgan, biroq birinçi urinişda qöna olmagan va ikkinçi aylanişga ketgan, şundan söng u bilan aloqa uzilgan.
Shot ma’lumotiga köra, yöqolgan samolyot «Angara» aviakompaniyasiniki bölgan.
Rossiya FVV qidiruv işlari uçun Mi-8 vertolyoti va quruqlikdagi xizmatlar yuborilganini ma’lum qildi.
Amur oblasti rahbari Vasiliy Orlovning ma’lum qilişiça, samolyot bortida jami 49 kişi bölgan. Şundan 43 nafari yölovçi (beş nafari yoş bolalar), 6 nafari ekipaj a’zolaridir.
Rossiya Tergov qömitasi holat yuzasidan jinoiy iş qözğatilganini ma’lum qildi.









