Mintaqa aholisi yozning eng issiq kunlarini yaşamoqda. Yildan yilga havo harorati oşib, yaşaş uçun noqulaylikni oşiryapti. Jahon banki e’lon qilgan hisobotga köra, agar beş davlat hozirdanoq bunga qarşi harakat qilmasa, YaIMning 2,5 foizi iqlimni deb yöqotiladi. Kun.uz bilan gaplaşgan iqtisodçi va ekologga köra, anomal issiqqa yozgaça tayyorgarlik körib qöyiş kerak edi.
Issiq ob-havo odamlarni yaşab turgan joyidan köçişiga sabab bölyapti, issiqdan ölayotganlar ham kam emas. Yaqindagina Jahon banki e’lon qilgan tadqiqotda kelişiça, Markaziy Osiyoda havo haroratining bunday ortib borişi odamlar hayotiga xavflarni köpaytiradi va iqtisodiyotga zarar olib keladi. Yaqin kelajakda iqlim özgarişi yomon oqibatlar yaratişidan jiddiy xavotirlar allaqaçon mavjud.
Iqtisodçi Valijon Töraqulovga köra, havo haroratining bunday kötarilişi işçi kuçining yöqotilişiga sabab böladi. Çunki har qanday odam qulay muhit va mehnat şaroitlarini xohlaydi. Doimiy şaroitlarning yöqotilişi va anomal issiqni deb işini tark etuvçilar soni oşib ketişi mumkin.
Jahon banki Yevropa va Markaziy Osiyoning 70 ta şahrini qamrab olgan navbatdagi tadqiqoti natijalarini e’lon qildi.
Unda yozilişiça, 2023 yilda mintaqada havo haroratining kötarilişi 87 mingdan ortiq iş örni yöqolişiga olib kelgan. Şundan 22 mingdan ortiği Özbekistonda, 18 mingga yaqini Ozarboyjonda qayd etilgan.
2050 yilgaça Yevropa va Markaziy Osiyodagi yirik şaharlarda issiq kunlar soni uç barobargaça oşişi mumkin. Harorat tölqinlari qariyalar, bolalar va kam ta’minlangan aholi uçun katta xavf tuğdiradi. Bunday holatlarda tez tibbiy yordam bölimlari va şifoxonalarga yuklama keskin ortadi, surunkali kasalliklar köpayadi.
Haddan taşqari issiq harorat işlab çiqariş uskunalari, elektr tarmoqlariga jiddiy zarar yetkazadi. Yetkazib beriş zanjirlariga salbiy ta’sir qiladi. Odamlar va işçilarning jismoniy va aqliy samaradorlik sifatini tuşiradi.
Şu bilan birga, iş soatlari kamayiş ehtimoli yuqori böladi. Ayniqsa, bu quriliş, transport, turizm sohalarida köproq kuzatilişi mumkin. Transport tizimlari işdan çiqişi, qurğoqçilik, yonğinlar xavfi, havo sifati yomonlaşuvi va energiya ta’minotida uzilişlar kuzatiladi.
2090 yilga borib Markaziy Osiyoning bir qança yirik şaharlari, jumladan, Ostona va Toşkentda havoning issiqligi tufayli umumiy ölim yiliga 10 mingdan 23 mingtagaça yetişi ham mumkin.
Qirğizistonlik ekolog, tibbiyot fanlari nomzodi Kaliya Moldogaziyevaga köra, heç qaysi davlat bu yilgi anomal issiq yozga töğri tayyorgarlik körmagan.
“Bilasizmi, men ekspert sifatida bunday tayyorgarlikni sezmayapman. Hamma harakat qilmoqda, albatta, hokimiyat darajasida, transport sohasida nimadir qilinmoqda. Lekin baribir oddiy şaharliklar ham Bişkekda nega daraxtlar quriy boşlaganini söraşmoqda. Şahar xizmatlari ham suğorişyapti. Bundan taşqari, Yoş gvardiya xiyoboni ham bor, u yerda yaşovçilar yaqinda ekilgan daraxtlar qurib qolayotganidan şikoyat qilişdi va ular ham meriyaga murojaat qilişdi, u yerda ham suğorişni boşlaşdi. Şuning uçun, aftidan, heç qanday tayyorgarlik bölmagan. Tepadagilar bu odatdagi yozga öxşaydi deb öylaşgandi, lekin unday emas. Endidan yozlarga alohida tayyorgarlik köriş kerak. Endi har yoz şunday bölişi aniq, yildan yilga bularning barçasi kuçayib boradi. Sizda ham, bizda ham, umuman Markaziy Osiyoda ham”, - deydi ekolog.
Yevropa va Markaziy Osiyoda yaşovçi aholining 70 foizi şaharlarda istiqomat qiladi. Sönggi 20 yilda ön minglab odamlar issiqlik bilan boğliq sabablar tufayli halok bölgan. Agar heç qanday çora körilmasa, issiqlik oqibatida iqtisodiy yöqotişlar 2050 yilga borib yalpi içki mahsulotning 2,5 foizigaça yetişi mumkin.
Mintaqaning töqqizta şahri, şu jumladan, Turkmanistonning Aşxobodida issiqlik sabab yillik iqtisodiy yöqotişlar YaIMning 2 foizidan oşiş ehtimoli katta.
Qirğizistonda ekstremal harorat har yili 200 kilometrga yaqin yöllarning şikastlanişiga olib keladi. Bu esa ta’mirlaş uçun katta xarajatlarni keltirib çiqaradi va transport infratuzilmasiga boğliq bölgan iqtisodiy faoliyatni izdan çiqaradi.
Aşxobodda jazirama bilan boğliq ortiqça ölimlar barça yoş guruhlari uçun yiliga har 100 ming kişiga 25-28 holatni taşkil etadi. Ostona, Bişkek va Toşkentda esa bu körsatkiç 19-21 tagaça yetadi.
Tadqiqotda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Sameh Vahba masala yuzasidan fikr bildirgan. Uning ta’kidlaşiça, harorat kötarilişi va issiq tölqinlar tobora odatiy holga aylanar ekan, şaharlarda yaşaş qiyinlaşadi.
Hisobotda yozilişiça, issiqlik ta’sirini kamaytiriş uçun şaharlarda quyidagi çoralarni köriş kerak:
- erta ogohlantiriş tizimlarini yaratiş;
- tez tibbiy yordam xizmatlarini rivojlantiriş;
- aholi ehtiyoj sezayotgan joylarda sovitiş markazlari taşkil etiş;
- issiqqa çidamli quriliş materiallaridan foydalaniş,
- infratuzilmani rejalaştirişda ekstremal ob-havo şaroitlarini hisobga oliş.
Tahlilda muvaffaqiyatli yeçimlar uçun aniq siyosiy iroda, muvofiqlaştiriş va barqaror moliyalaştiriş zarurligi keltirilgan.










