Şanba kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp ikki davlat rahbarlariga qönğiroq qilib, zudlik bilan öt oçişni töxtatişni talab qildi. Yakşanba kuni esa Tailand muzokaralarda boş vazir vazifasini bajaruvçi Pumtam Veçayçay boşçiligidagi delegatsiya iştirok etişini ma’lum qildi.
Malayziya Tailandga muzokaralarda Kambodja tomondan boş vazir Xum Manet ham iştirok etişini ma’lum qilgan.
Ötgan hafta oxirida Şotlandiyaga taşrif buyurgan Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida ikkala davlat «zudlik bilan uçraşişga va tezda öt oçişni töxtatiş hamda pirovardida TINÇLIK rejimini işlab çiqişga kelişib olgani» haqida yozdi.
Ikkala davlat ham Trampga sa’y-harakatlari uçun minnatdorçilik bildirdi, lekin yakşanbaga ötar keçasi ham otişmalar davom etdi. Kambodja Trampning öt oçişni töxtatiş haqidagi talabini qabul qildi, Tailand esa ikki davlat örtasida muloqot zarurligini ta’kidladi.
Kambodja allaqaçon öt oçişni töxtatişni taklif qilgan, uning qurolli kuçlari Tailandnikidan zaifroq va Tailandning artilleriya va havo hujumlari natijasida pozitsiyalari va texnikalarini yöqotmoqda.
«Men [Trampga] Kambodja ikki qurolli kuç örtasida zudlik bilan va sözsiz öt oçişni töxtatiş taklifiga rozi ekanini aniq aytdim», dedi Manet telefon suhbatidan söng va Trampning vositaçiligi «haqiqatan ham köplab askarlar va tinç aholining hayotini himoya qilişga yordam berişi»ni qöşimça qildi.
Öz navbatida, Tailand öt oçişni töxtatiş imkoniyatini körib çiqişga tayyorligini aytgan, biroq avval Kambodja bilan muloqot örnatilişi kerakligi haqidagi avvalgi talabini ta’kidlagan.
Pumtam Veçayaçay prezident Trampga qayğurgani uçun minnatdorçilik bildirib, Tailand öt oçişni töxtatişga roziligini ma’lum qildi. «Biroq Tailand Kambodjaning samimiy niyatlarini körişni istaydi», – deyiladi Tailand taşqi işlar vazirligi bayonotida.
Tinçlik bölmasa, savdo muzokaralari ham bölmaydi
Tramp Kambodja va Tailand bilan savdo muzokaralari tiklanişiga umid qilayotgani, biroq harbiy harakatlar töxtamagunça bu maqsadga muvofiq emasligini aytgan.
Uning vaziyatga aralaşuvi Kambodja va Tailand tovarlariga Amerika bojlari kuçga kirişidan bir hafta oldin röy berdi.
1 avgustdan boşlab uşbu mamlakatlardan tovarlarni import qiluvçi Amerika kompaniyalari, agar şu muddatgaça yangi kelişuvga erişilmasa, 36 foizlik soliq tölaşi kerak böladi.













