Samarqand viloyati hokimi v.v.b. Adiz Boboyev şaharda bolalar va keksalar dam oladigan joylar yetişmasligini tanqid qilib, bir neçta joyda zamonaviy parklar taşkil qilinişini aytdi.
“Bolalarimiz dam olişi kerak desak, bittagina park bor. Törtta odam kirsa, beşinçisi kirolmaydi. Tamom. Şu ahvolga kelib qolganmiz. Domda, törtta devorning orasida ötiribdi kuni böyi. Havo 50 gradus issiq, bola beçoralar köçaga çiqolmaydi, boradigan joyi yöq, öynaydigan joyi yöq. Kanikul ötib ketdi şu bilan, tamom. Nuroniylarimiz, otaxon-onaxonlar bir köçaga çiqib, parkda, toza havoda yurişi kerak-ku. Yöq unaqa joy!” – dedi Boboyev.
Hokim Samarqand şahridagi harbiy gospital örnida 5 gektardan ortiq park taşkil qilinişi, 1 sentabrgaça işga tuşirilişi kerakligini aytdi.
Şuningdek, Samarqand şahridagi “Vatanparvar” boği yonidagi 7 gektar hududda attraksionlar va suv havzalari taşkil qilinişi, Söğdiyona va Qorasuv massivlarida qarovsiz qolib ketgan parklar tiklanişi böyiça topşiriqlar berdi.
“Bolalar öynasin axir. Köpaytirişimiz kerak bunaqa parklarni”, – dedi viloyat rahbari.













