Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bitta xonadon qarzdorligi sabab butun qavat suvdan uzib qo‘yildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumani 19-mavze 10-uyda bitta xonadonning suvdan qarzdorligi sabab hududiy inspektor tomonidan ko‘p qavatli uyning asosiy suv tarmog‘i uzib qo‘yilgani, buning natijasida bir necha xonadon suvsiz qolgani haqida xabar tarqaldi.
“Toshkent shahar suv ta’minoti” xabariga ko‘ra, holat o‘rganilganda hududiy nozir bitta xonadonga bir necha bor qarzni undirish uchun kelgani, ammo, buning uddasidan chiqolmagani aniqlangan. Qarzdor xonadonning o‘zini suvdan uzishga esa imkon bo‘lmagan.
Inspektor o‘zboshimchalik bilan yo‘lakdan bir necha xonadonga tortilgan quvurni asosiy tarmoqdan uzgan. Buning natijasida suvdan qarzdorligi bo‘lmagan xonadonlar ham bir muddat suvsiz qolgan va haqli e’tirozga sabab bo‘lgan.
Holat qisqa muddatda bartaraf etilgan. Inspektor holat takrorlanmasligi bo‘yicha qat’iy ogohlantirilgan.
Mavzuga oid
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
17:59 / 16.05.2026
O‘zbekiston kunlik suv iste’moli yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga kirdi
07:18 / 05.05.2026
Suvni ifloslantirganlik uchun jarima miqdori keskin oshirildi
08:33 / 24.04.2026