Qayd etilişiça, umumiy örtaça kutiş davomiyligi ayrim holatlarda 10-30 daqiqagaçani taşkil etgan.

Şuningdek, örganişlar tahlili körsatişiça, kommunal soha bilan boğliq murojaatlarning 80-90 foizdan ortiği qömitaning 1159 işonç raqami orqali qabul qilingan  va ularning soni quyidagi tarzda keskin ortib borgan:

gaz ta’minoti böyiça - 4,5 barobar;

maişiy çiqindi xizmatlari böyiça - 2,4 barobar;

içimlik suvi va quriliş xizmatlari böyiça - 1,2 barobar.

Bundan taşqari, xizmat körsatuvçi taşkilotlar aloqa markazlarida faoliyatni tartibga soluvçi normativ-huquqiy hujjat mavjud emasligi, bu esa jismoniy va yuridik şaxslar tegişli işonç telefonlaridan töliq va samarali foydalana olmasligi hamda köplab vaqtini yöqotayotgan fuqarolarning kayfiyatiga salbiy ta’sir körsatib, muammolarini töğridan-töğri, qisqa vaqtda yeçim topişiga tösqinlik qilayotgani aniqlandi.

Yuqoridagilarga asosan, Raqobat qömitasi tomonidan iste’molçilar huquqlarini samarali himoya qiliş, ularning behuda yöqotgan vaqtlarini qadrlaş, xizmat körsatiş korxonalari qisqa raqamiga işonçini oşiriş maqsadida işonç telefonlaridagi texnik va taşkiliy muammolarni bartaraf etiş yuzasidan işlab çiqilgan takliflar Raqamli texnologiyalar vazirligiga yuborildi.

Jumladan, aloqa markazlari faoliyatini baholaş tartibini aholi bilan işlovçi barça taşkilotlarga tatbiq etiş, kamçiliklar uçun aniq javobgarlik belgilaş hamda natijalarni oçiq e’lon qilib boriş taklif etilmoqda.