Özbekiston boş prokurori Niğmatilla Yöldoşevning tegişli buyruqlari bilan 1 avgust kuni tizimda bir qança özgarişlar amalga oşirildi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, Adliya katta maslahatçisi Inoyat Şukurov öz xohişiga köra bergan arizasiga asosan Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti boşliğining birinçi örinbosari lavozimidan ozod qilindi. Şuningdek u departament organlaridan ham böşatilgan.

Inoyat Şukurov (suratda çapdan uçinçi)

Adliya katta maslahatçisi Muhammadjon Rözmatov ham öz xohişiga köra bergan arizasiga asosan Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Toşkent şahar boşqarmasi boşliği lavozimidan ozod qilindi. U ham departament organlaridan böşatildi.

Avvalroq, Özbekiston boş prokurori örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Şohrux Aminov Qoraqalpoğiston prokurori lavozimiga tayinlangani xabar berilgan edi.

Joriy yil 22 iyul kuni Boş prokuraturaning Kadrlar boşqarmasi boşliği, adliya katta maslahatçisi Alijon Abdullayev ham öz xohişiga köra bergan arizasiga asosan lavozimidan ozod qilingan edi.