Joriy yilning 3 avgust kuni tungi soat 01:28 larda Andijon tumani, Zangibobo mahallasi, Uchko‘prik ko‘chasi, 48-uyda yashovchi O‘.U. 102 qisqa raqamiga xabar berib, uyining oldida turgan o‘ziga tegishli bo‘lgan "Nexia-2" rusumli avtomashinasini sobiq pochchasi A.X. o‘rtalaridagi o‘zaro oilaviy kelishmovchilik sababidan yoqib yuborganini ma’lum qilgan.

Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi a’zolari zudlik bilan yetib borib, surishtiruv harakatlari olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Andijon tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan gumonlanuvchi shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 173-moddasi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.