Andijonning Eski şahar qismida kanalizatsiya uçun çuqur qaziş fevralda boşlangan, lekin iş nihoyasiga yetkazilmay, çala qoldirib ketilgan. Çuqurga şu paytgaça bir neça kişi yiqilib, oğir jarohat olişdi. Ulardan biri yoş bola, ikkinçisi esa keksa yoşli erkak. Ular öz yonidan xarajat qilib davolanişga majbur bölgan. Vaholanki, xavfsizlik qoidalari buzilgani yaqqol körinib turibdi. Işlar töxtab qolgani hokimlik pul ajratmayotgani bilan boğlanyapti. Avvalroq “Andijon polka”ni rekordlar qatoriga kiritiş 730 mln sömga tuşgan edi.

Gap – Andijon şahridagi Zahiridin Muhammad Bobur mahallasi hududi haqida ketyapti.

“Hududda yaşovçi yoş bolalardan biri reanimatsiyada ham yotib çiqdi. Yaqinda 70 yoşli qöşnimiz ham şu çuqurlikka yiqildi.

Qazilgan joyga odamlar çiqindi taşlab ketişyapti. Atrofni qölansa hid tutib ketgan.

Mahallada Zahiriddin Muhammad Bobur muzeyi bor, sayyohlar keladigan joy.

Köçadan ikkita maşina ötgudek bölsa, tirbandlik bölib ketyapti, bitta maşina zörğa ötadi. Hademay qiş keladi. Qirovli kunlarda bu ketişda hali holat bundan-da ayançli böladi.

Yöl böyida savdo qiladigan tadbirkorlar dökonga ötiş uçun köpriklar qurib olişgan. Köprikdan ötiş esa juda xavfli. Çuqurni deb köplab savdogarlarning savdosi pasayib ketdi”, deydi Kun.uz'ga murojaat yöllagan aholi vakillaridan biri.

“Öğlim çuqurga yiqilgan, qarzimizdan haliyam qutula olmadik”

“Öğlim şu çuqurlikka yiqildi. Boş miyasidan jarohat olib, şifoxonalarda yotib çiqdi. Qarz havola qilib, amallab dori-darmon topib berdik. Şaroitim oğirligidan haliyam öşa qarzlardan qutulolganimiz yöq. Katta farzandim ham betob, uning dorilaridan orttirib qöşimça şifokorlarga körsatiş uçun kiçik farzandimga imkoniyat qila olmadim.

Bolamda yiqiliş asorati qolgan, şifokorlarga körsating deyişdi. Lekin imkoniyatim yöq. Şifoxonada yotgan kunlarimdagi qarzlarim hali ham uzilgani yöq. Farzandim şu ahvolga tuşdi, boşqalarning bolasi azoblanişini xohlamayman. Iltimos, çuqurni tezroq yopib berişsin.

Mahalla raisiga kirib öğlim çuqurlikka yiqilib oğir ahvolga tuşib qoldi desak, u bolam çuqurlikka emas, uyimizda yiqilib tuşganini aytib, işni yopişga harakat qilyapti”, – deydi çuqur tufayli öğli aziyat çekkan ona Dilrabo Nazirova.

Yoqilğisiz qolgan ekskavatorçi...

Öşa hududda istiqomat qiluvçi aholi vakiliga köra, işçilarga oylik maoş berilmagani sabab quriliş işlari öz yakuniga yetmay, çala qolib ketgan.

“Uyimiz yoniga ekskavatorini qöyib ketgan haydovçi bilan gaplaşib qoldim. U quriliş işlariga jalb qilingan ekan. Haydovçi oylik tugul texnikasini boşqariş uçun yoqilğisiga ham pul berilmayotganidan şikoyat qildi. Mablağ yöqligidan boşqa işçilar ham ketib qolgan”, deydi u.

“Hokim örinbosaridan sörang”

Hududda quriliş işlarini olib borayotgan “Yuksalish-Umid” MÇJ quriliş işlari nazoratçisi bilan telefon orqali suhbatlaşdik.

U mahalladagi infratuzilma ança eskirgani, qazilgan yönalişda barça kommunikatsiya vositalari (kanalizatsiya, suv, elektr) bir joyda ötişi uçun kerakli işlar qilayotganini aytdi.

Qurilişning töxtab qolişi sababini esa Andijon şahar hokimi örinbosari Uluğbek Töraqulovdan söraş maqsadga muvofiqligini ta’kidladi. Nazoratçi hududda tez fursat içida yana işlar boşlanişidan umir bildirdi.

Andijon şahar hokimi örinbosari Uluğbek Töraqulov bilan boğlanişning iloji bölmadi. Avval yiğilişda deya aytilgan hokim örinbosari keyin qönğiroqlarimizga javob bermadi.

Ma’lumot örnida, Andijon viloyati byudjyetining 2026-yil zaxira jamğarmasi hisobidan Madaniyat boşqarmasiga “Andijon polka” raqsini “Ginnes rekordlari” kitobiga kiritiş bilan boğliq xarajatlarga 730 mln söm miqdorida mablağ ajratilgan.