Tartibga köra, çeklovçi tadbirlarjoriy etiladigan hududlar yuqumli kasallik qözğatuvçilarining biologik va tarqaliş xususiyatlari hamda boşqa xavflilik darajalaridan kelib çiqqan holda belgilanadi.
Karantin joriy etilgan va xavf ostida bölgan hududlarda veterinariya, veterinariya-sanitariya tadbirlari Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi va uning hududiy organlari tomonidan ötkaziladi.
Profilaktika karantin tadbirlari çegara postlarida maxsus taşkil etilgan obektlarda, bunday obektlar mavjud bölmaganda, hayvon egalari xöjaliklarida izolyatsiyalangan şaroitda amalga oşiriladi.
Şuningdek, çeklovçi tadbirlar joriy etiladigan hayvonlarning yuqumli kasalliklari röyxati ham tasdiqlandi.








