Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning BMTning Dengizga çiqiş imkoni bölmagan rivojlanayotgan mamlakatlar böyiça uçinçi konferensiyasida iştirok etiş uçun Kaspiy böyidagi Avazaga amaliy taşrifi Özbekiston-Turkmaniston munosabatlarining öziga xosligini yana bir bor tasdiqladi.
2017 yil mart oyida prezident Şavkat Mirziyoyev ilk davlat taşrifini Turkmanistonga amalga oşirgandi. Ötgan yillar mobaynida Özbekiston prezidenti, şuningdek, Turkman xalqining milliy yetakçisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedovning sa’y-harakatlari tufayli ikki mamlakat örtasidagi aloqalar butunlay yangi darajaga kötarildi. Bugun Özbekiston va Turkmaniston Markaziy Osiyoda çinakam yaxşi qöşniçilik va özaro işonçga asoslangan hamkorlikning yorqin namunasidir.
BMT konferensiyasi doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkmanistonning «Hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun» ordeni bilan taqdirlangani ham ikki davlat örtasidagi hurmatning yuksak darajasini anglatadi.

Sönggi yillarda Özbekiston prezidenti qöşni va dunyodagi yetakçi davlatlarning bir qator nufuzli mukofotlariga sazovor böldi. Qozoğistonning «Oltin qiran» va «Döstlik», Qirğizistonning «Danaker», Tojikistonning «Zarrintoj», Rossiyaning Aleksandr Nevskiy, Fransiya Faxriy legioni, Turkiyaning «Respublika» ordenlari, Turkiy dunyoning oliy ordeni, MDH faxriy nişoni, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining faxriy nişoni va boşqalar şular jumlasidan.



«Albatta, bu mukofotlarning har biri faqatgina prezident Şavkat Mirziyoyevning faoliyatiga berilgan baho emas. Ularning ortida davlatimiz rahbarining hamkasblari, hamkor mamlakatlar yetakçilari bilan birgalikdagi samarali mehnati turadi. Ana şunday hamjihatlik tufayli Markaziy Osiyo bugun raqobat emas, balki hamkorlik makoniga aylanib borayotganida ularning ham xizmatlari beqiyos.
Umuman olganda, bu mukofotlar Özbekistonning xalqaro hamjamiyatda işonçli, mas’uliyatli va taşabbuskor hamkor sifatidagi mavqei mustahkamlanib borayotganidan dalolat beradi. Ayni paytda, Prezident Şavkat Mirziyoyevning taşqi siyosat strategiyasi balandparvoz bayonotlarga emas, balki aniq amaliy harakatlarga: özaro kelişuvlar, qöşma loyihalar, oçiq çegaralar, yangi transport yölaklari va muloqot maydonlariga tayanadi. Bularning barçasi – xalqimiz hayotini yaxşilaş va farovonligini yukslatiriş uçun.









