Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chevrolet Silverado bir marta to‘liq quvvatlanish bilan 1705 km masofa bosib o‘tdi
General Motors kompaniyasi Chevrolet Silverado elektropikapi bilan yetti kunlik sinovlarni yakunladi. Natijada u kutilganidan ancha ko‘p masofani bosib o‘tdi.
Sinovlar kompaniyaning Milfordda joylashgan poligoniga yaqin hududdagi umumiy yo‘llar hamda Detroyning Bell-Ayl avtoparkida o‘tkazildi. Silverado soatiga taxminan 32–40 km tezlikda harakatlanib, “aqlli boshqaruv texnologiyalari”dan foydalandi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, pikap bir martalik quvvatlanish bilan 793 km masofa bosib o‘tishi mumkin. Biroq muhandislar maxsus sozlamalar orqali bu ko‘rsatkichdan ancha yuqori natija — 1705 kmni qayd etishning uddasidan chiqdi.
Ta’kidlanishicha, sinovlar yoz faslida o‘tkazilishi batareyaning maksimal samaradorligini ta’minlashga yordam bergan. Muhandislar shamol qarshiligini kamaytirish uchun old oyna tozalagichini pastga tushirgan, shinalardagi havo bosimini eng eng yuqori darajagacha ko‘tarib, ortiqcha og‘irlikni kamaytirish maqsadida zaxira g‘ildirakni ham olib tashlagan. Bundan tashqari, pikap yukxonasining ustiga maxsus qoplama bilan yopilib, havo oqimi yaxshilangan va butun sinov vaqtida konditsioner tizimi to‘liq o‘chirib qo‘yilgan.
Ma’lumot uchun, Silverado’ning 2026 yilgi versiyasining Work Truck Max Range komplektatsiyasi 205 kWh batareya bilan jihozlangan. Mashina pikap bo‘lishiga qaramay, 5,4—5,8 soniyada 100 km tezlikka chiqa oladi.
Hozirda elektromobillarning bitta quvvatlashda eng uzoq masofa bosib o‘tish bo‘yicha rasmiy rekordi Lucid kompaniyasining Air Grand Touring sedaniga tegishli. U 1205 km masofa bosib o‘tib, avvalgi 1045 kilometrlik Mercedes-Benz EQS 450+ rekordini yangilagan.
GM esa Silverado’ning bu rekordini rasmiylashtirishni rejalashtirayotgani yo‘q. “Hozircha Ginnesning rekordlar kitobiga murojaat qilish niyatimiz yo‘q. Bu faqatgina muhandislarimiz o‘tkazgan tajriba edi”, — dedi kompaniya vakili Ketrin Skeils.
Mavzuga oid
13:53 / 22.05.2023
724 km - Chevrolet Silverado elektropikapi kutilganidan ko‘proq masofa bosib o‘ta olishi ma’lum bo‘ldi
15:11 / 22.11.2019
Tesla o‘q o‘tmaydigan elektropikapini namoyish etdi
11:23 / 26.09.2019
Xitoy kompaniyasi Angrenda elektropikaplar ishlab chiqaradi
00:05 / 22.01.2019