Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand şahrida öqituvçilar maktabni ta’mirlaşga jalb etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Fotosuratlarda ayollarning hayot uçun xavfli balandlikda işlayotganini köriş mumkin.

Samarqand viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi xabariga köra, holat 24-umumta’lim maktabida sodir bölgan.

Ta’kidlanişiça, boşqarma majburiy mehnatga jalb etiş bilan boğliq har qanday holatni qoralaydi va örganiş natijalariga köra qöşimça ma’lumot beriladi.

Avvalroq, Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi 42-maktab öqituvçilari ta’mirlaş işlariga majburiy jalb qilingani aniqlanib, direktor Z.Mamajonova işdan böşatilgan va 41 mln 200 ming söm miqdorida jarimaga tortilgan edi.