Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
18 iyul kuni YeI Kengashi Rossiyaga qarshi 18-sanksiyalar paketi doirasida Belarusga nisbatan cheklov choralarini kiritgandi.
Yevroittifoqqa kirmaydigan sakkiz mamlakat YeIning Belarusga nisbatan joriy etgan 18-sanksiyalar paketiga qo‘shildi, deb ma’lum qildi YeI Kengashi.
Xabar qilinishicha, Albaniya, Bosniya va Gersegovina, Islandiya, Lixtenshteyn, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya, Norvegiya va Ukraina YeIning sanksiyalar kiritish qaroriga qo‘shilgan.
"Ular o‘z milliy siyosatlari Kengash qaroriga muvofiqlashtirilishini ta’minlaydi. Yevroittifoq bu majburiyatni e’tiborga oladi va olqishlaydi", - deyiladi YeI Kengashi bayonotida.
18 iyul kuni YeI Kengashi Rossiyaga qarshi 18-sanksiyalar paketi doirasida Belarusga nisbatan cheklov choralarini joriy etgandi.
Sanksiyalar Belarusning "Rossiya qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlayotgan” sakkizta kompaniyasiga nisbatan kiritilgan. Shuningdek, Belarusdan qurol import qilishga embargo qo‘yilgan hamda mamlakatning to‘rtta banki bilan moliyaviy o‘tkazmalar olib borishga taqiq qo‘yilgan.
Mavzuga oid
10:05 / 10.07.2026
Lukashenko: O‘zbek oilalarini Belarusda ko‘rishni istaymiz
18:21 / 09.07.2026
Mirziyoyev va Lukashenko muzokaralar yakunlarini sarhisob qildi
16:49 / 09.07.2026
O‘zbekiston va Belarus munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
14:43 / 09.07.2026