Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilçilar şu haqda söz yuritişdi.
Şarofiddin Tölaganov: Aslida, 21-sanksiyalar paketi degan iboraning özi kulgili eşitiladi. Çunki agar birinçi paket kutilgan natijani berganida, ikkinçisiga ehtiyoj qolmas edi. Ikkinçisi samara berganida esa uçinçisi qabul qilinmasdi. Bugun esa sanksiyalar paketlari soni 21 taga yetdi.
Yangi paket doirasida 170 ta taşkilot va 48 nafar jismoniy şaxsga nisbatan çeklovlar joriy etilmoqda. Ular, asosan, banklar, moliyaviy institutlar va ayrim iqtisodiy tuzilmalarga qaratilgan. Bu sanksiyalar amalda qançalik samarali bölişini hozirdan aniq baholaş qiyin.
Bu galgi çeklovlar faqat Rossiyaning öziga emas, balki u bilan iqtisodiy aloqalari mavjud boşqa davlatlarga ham ta’sir körsatişi mumkin. Masalan, Qirğiziston va Qozoğiston OAVda yangi sanksiyalar ularning iqtisodiyotiga ham ma’lum darajada ta’sir qilişi mumkinligi haqida fikrlar bildirilmoqda. Demak, Yevropa Ittifoqi çeklovlarni nafaqat Rossiyaga, balki u bilan hamkorlik qilayotgan davlatlar faoliyatiga ham bilvosita ta’sir körsatadigan tarzda kengaytirayotgandek taassurot uyğotmoqda.
Kamoliddin Rabbimov: Sanksiyalarning turli körinişlari mavjud. Ayrimlari aniq şaxslarni nişonga oladi, boşqalari esa hukumatni yoki siyosiy tizimni çeklaşga qaratiladi. Yana şunday sanksiyalar borki, ular butun davlat va jamiyatning iqtisodiy hamda ijtimoiy salohiyatini zaiflaştirişni maqsad qiladi. Masalan, Şimoliy Koreya yoki Eronga nisbatan qöllangan sanksiyalar faqat siyosiy elitani emas, balki butun iqtisodiy tizimni bosim ostida qoldirişga qaratilgan. Rossiyaga nisbatan joriy etilgan çeklovlar kölami va oğirligi jihatidan şunday toifaga yaqinlaşmoqda.
Bugungi kunda Rossiya sanksiyalar kölami böyiça dunyoda eng köp çeklov qöllangan davlatlar qatorida birinçi örinda. Sönggi beş yil davomida Rossiyaga nisbatan juda keng kölamli sanksiyalar joriy etildi. Natijada mamlakat nafaqat strategik va yuqori texnologiyali mahsulotlar, balki oddiy parrandaçilik uçun inkubator uskunalari va naslçilik materiallari kabi yönalişlarda ham importga qaram bölib qolmoqda.
Sanksiyalarning ta’siri dastlabki ikki-uç yilda yaqqol sezilmadi. Ammo oxirgi bir yil içida ularning iqtisodiyotga bosimi ança ravşan namoyon böla boşladi. Buni inson organizmidagi kamqonlik bilan qiyoslaş mumkin. Taşqi tomondan odam soğlom körinişi mumkin, biroq organizm zaiflaşgan bölsa, har qanday qöşimça zarbani oğirroq qabul qiladi. Sanksiyalar ham davlat iqtisodiyotini aynan şunday zaiflaştiradi. Natijada uning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy barqarorligi tobora mörtlaşib boradi.
Rossiya iqtisodiyoti ham sanksiyalar bosimini sezilarli darajada his qila boşladi. Bu jarayon endi yanada yaqqol namoyon bölmoqda. Kelgusida AQŞda muhokama qilinayotgan qöşimça sanksiyalar ham qabul qilinsa, bosim yanada kuçayişi mumkin.
Agar bugungi sanksiyalar bölmaganida, Rossiya xalqaro savdoni ança erkin amalga oşirar, energiya resurslari eksportidan tuşadigan daromadlari ham ança yuqori bölardi. Bu esa uruşni moliyalaştiriş imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirgan bölardi.
Suhbatni YouTube’dagi “Geosiyosatkunuz” kanalida töliq tomoşa qilişingiz mumkin.











