APL. 1-tur. 15 avgust
«Liverpul» — «Bornmut» 4:2
Gollar: Ekitike (37), Gakpo (49), Semenio (64,76), Keza (88), Saloh (90+4).
«Liverpul» — Alisson, Frimpong (Endo, 60), Konate, Van Deyk, Kerkez (Roberson, 60), Soboslay, Mak Allister (Jons, 72), Saloh, Virts (Keza, 82), Gakpo, Ekitike (Gomes, 72).
«Bornmut» — Petrovich, Tryuffer, Senesi, Diakíte, Smit, Adams, Bruks (Uinterbern, 84), Taverne, Skott (Traore, 74), Semenio, Evanilson.
Ogohlantirishlar: Bruks (14), Kerkez (43), Evanilson (81)

Juma oqshomida APLda yangi mavsum start oldi. Bir necha kun oldin «Liverpul» Angliya Superkubogi uchun bahsda sensatsion ravishda «Kristal Pelas»ga yutqazgandi, liganing ilk o‘yini esa «Enfild»da yozda himoya chizig‘ini butunlay o‘zgartirgan «Bornmut» mehmon bo‘ldi — Hausen, Zabarniy va Kerkez kuchliroq jamoalarga o‘tishdi. Ulardan uchinchisi — aynan Arne Slot jamoasiga kelib qo‘shildi. Qolaversa, mehmonlar to‘purari Klyuyvert jarohatidan tuzalishga ulgurmagandi. Ko‘pchilik Angliya chempionlari yirik hisobda g‘alaba qozonishini taxmin qilayotgandi, amalda esa o‘yin kutilmagan ssenariyda kechdi.

O‘yin oldidan stadionda fojiali halok bo‘lgan Diogu Jota va uning ukasi Andre Silvani xotirlashdi. Keyin esa o‘yin bosh hakami yangi mavsumning ilk o‘yinini boshlab berdi. Mersisaydliklar darhol bo‘sh hududlarga ega bo‘lishdi va oldinga tashlanishdi, «Chelsi» sobiq darvozaboni Petrovichning hushyorligini tekshirib ko‘rishdi. Shunday vaziyatlardan birida Saloh markazga ko‘chdi va to‘pni darvoza to‘sini ostiga yo‘lladi, darvozabon mahoratini ishga solib, to‘pni yuqoriga ko‘tarib yubordi.

Ammo mehmonlar ham tarkibdagi yo‘qotishlarga qaramay, o‘z prinsiplaridan chekinmadi va yuqori pressing uyushtirib, muntazam ravishda tezkor hujumlarga o‘tdi. 10-daqiqagacha mezbonlar darvozasi tomon ikki bor burchak zarbasi ishlandi. Shundan bir holat so‘nggi vaqtlarda ishonchsiz harakat qilayotgan Konate darvozabonga xato pas berishi tufayli belgilandi.

14-daqiqada esa mutlaqo g‘alati epizod kuzatildi. Senesi qo‘lini ishga solib, Ekitike yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymadi. Va gap to‘p oyog‘i orqali qo‘liga kelganida emas, u ongli ravishda yana bir bor barmoqlari bilan to‘p yo‘nalishini o‘zgartirdi.

O‘yin bosh hakami Entoni Teylor esa «Bornmut» foydasiga jarima zarbasi belgiladi, u bu vaziyatda Ekitike hujumda fol ishlatgan deb topdi. VAR vaziyatga aralashmadi. Holbuki bu holatd himoyachiga qizil kartochka ko‘rsatilib, mehmonlar darvozasiga penalti qo‘yilishi ham mumkin edi.