«Arsenal» – «Koventri» 3:0
Gollar:
Havers, 15 (1:0). Saka, 23 (2:0). Edegor, 49 (3:0)
«Arsenal»: Rayya, Moskera, Gabriel Magalyayns, Kalafiori (Inkapiye, 81), Uayt, Rays (Subimendi, 68), Lyuis-Skelli, Edegor (Eze, 76), Zolis (Merino, 76), Saka (Madueke, 68), Havers
«Koventri»: Reshvort, Tomas, Amenda, Dasilva, van Eveyk, Grayms, Yirenki (Torp, 62), Oniyeka, Tomas-Asante (Rudoni, 70), Chauna (Hamer, 82), Simms (Avoniyi, 70)
Ogohlantirishlar: Gabriel Magalyayns, 34 – Yirenki, 27

«Arsenal» APL yangi mavsumining 1-turida «Koventri»ni yirik hisobda magʻlub etdi – 3:0.

Oʻyinning 15-daqiqasidayoq Kay Havers hisobni ochdi. 8 daqiqa oʻtib Bukayo Saka londonliklarning hisobdagi ustunligini mustahkamladi. Eʼtiborli jihati, ushbu ikki golda ham «Arsenal»ning yozgi xaridlaridan biri, 40 mln yevro evaziga «Bryugge»dan xarid qilingan gretsiyalik chap qanot vingeri Xristo Zolis asosiy ishni bajardi. U avvaliga chap qanotda raqibdan toʻpni olib qoʻydi va Haversning goliga uzatma bergan Kalafiorini pas bilan taʼminladi. Keyin esa uning qanotdan uzatmasidan keyin toʻp yoʻl-yoʻlakay mehmonlar darvozaboniga tekkan holda Sakaga kelib tushdi. Ushbu vinger mavsum avvalida Angliya superkubogi uchun kechgan bahsda «Manchester Siti» darvozasiga urilgan uchta goldan ikkitasida assistentlik qilgandi.

Ikkinchi boʻlim boshida esa londonliklar sardori Martin Edegor oʻyinga yakuniy nuqtani qoʻydi.

Shundan keyin Mikel Arteta jamoa yetakchilariga dam berishga qaror qilib, Rays, Saka, Edegor, Zolis va Kalafiorini zaxiraga oldi. Ularning oʻrniga tushgan futbolchilar esa gʻalabali hisobni saqlab qolishdi.

Keyingi turni «Koventri» 29-avgust kuni oʻz maydonida «Hall Siti»ga qarshi oʻtkazadi. «Arsenal» 31-avgust kuni «Aston Villa» mehmoni boʻladi.