Yillar davomida u odamlarning turli munosabatini kördi: kimdir mehnatini qadrladi, kimdir esa «çiqindi taşiydi» deb mensimadi. Ammo uning özi uçun baxtning mezoni boşqaça - halol mehnat, oilasi va har kuni işiga rozi bölib qaytiş.
Bugungi qahramonimiz - «Maxsustrans» korxonasida 16 yildan beri çiqindi taşuvçi maşina haydovçisi bölib işlayotgan, 50 yillik haydovçilik tajribasiga ega 69 yoşli Muhammadolim aka. Uning hayoti faqatgina maşaqqatli mehnatdan iborat emas. Uning ortida toğdek turguvçi ayoli, 15 nafar nabirasi va tozalikka bağişlangan umri bor. Biz qahramonimizning iş jarayoni va şinam xonadonida bölib, hayot hikmatlariga quloq tutdik.

«Hozir odamlar asabiy, bir xillari işimizni mensimaydi»
Muhammadolim akaning iş kuni tong sahar soat 08:00 dan boşlanadi. Şahar böylab yiğilgan çiqindilarni maxsus poligonlarga taşiş uning kundalik vazifasi. Bir kunda maşinasida 70-80 kilometr masofa bosib ötadi. 50 yildan beri rul çambaragini uşlab kelayotgan bu inson odamlarning yillar davomida qanday özgarib borayotganini öz közi bilan körgan.
«Oldin odamlar bir-birini hurmat qilgan. Kattaroq odam ötirgan bölsa «assalomu alaykum» deb ötgan. Hozirgilarning baʼzilari salom bermay ötib ketadi. Avtobus bekatlarida yoşlar savlat tökib ötiradi, qariyalar esa tik oyoqda turadi. Odamlar hozir negadir asabiyroq.
Kasbimizni kimdir hurmat qiladi, lekin köpçilik çiqindi maşinaning içida yuribsan deb mensimaydi. Oldingizdan qölini siltab, harakatlari bilan pisand qilmay ötib ketişadiganlar bor. Baʼzida majburiy töxtab işlayotganimizda, signal çalib baqirib berişadi. Lekin biz şukronalik bilan mehnat qilyapmiz, çunki tozalik bor joyda fayz va baraka böladi», - deydi qahramonimiz.

Çiqindilar orasidan topilgan xazina va kutilmagan topildiqlar
Kasbning öziga yaraşa maşaqqati va hayratlanarli tomonlari bor. Muhammadolim aka faoliyati davomida çiqindilar orasidan qimmatbaho buyumlar ham topib olganini yaşirmaydi.
«Bir marta çiqindi taşlayotganda tiqillagan ovoz keldi. Qarasam, uzuk. Boşida mis bölsa kerak deb öylab, uyga olib bordim, nabiralarim öynab yurişdi. Keyin bilsam, közi bor tilla uzuk ekan. Toşkentdagi savdo markazida tekşirtirganimda, tilla ekanini tasdiqlaşdi va öşa paytdagi pulga 400 ming sömga sotganman. Bu juda katta pul edi. Yana bir marta çiqindilar orasidan uzilib ketgan tilla zanjir ham topib olganman».
Albatta, bunday holatlar har kuni ham bölavermaydi, lekin bu halol mehnat qilayotgan insonga berilgan Allohning kiçik siylovlaridek göyo.

45 yillik baxt siri: «erkak kişining çöntagini kovlamang»
Çiqindixona poligonidagi işini yakunlagan qahramonimiz bilan uning xonadoni joylaşgan Zangiota tumaniga yöl oldik. 15 yil oldin qurilgan, fayzli va ozoda hovlida bizni turmuş örtoği Zulxumor opa kutib oldi. Hovlidagi turli quşlar va bedanalarning sayraşi bu oiladagi xotirjamlikdan darak berardi. 45 yildan beri bir yostiqqa boş qöyib kelayotgan Zulxumor opa baxtli oilaning sirini bitta söz bilan izohladi:
«Xöp böladi!»
«Baxtli oilaning siri nimada deysizmi? Xöjayinni hurmat qilib, nima desalar «xöp böladi» deyişda. Erkak kişiga boşqa heç narsa kerak emas: vaqtida ovqati, çoyi, kiyimlari tayyor bölsa, uy ozoda tursa böldi. Buvim örgatgan edilar: «heç qaçon erkak kişining pulini sörama, çöntagiga qarama. Şunda senda baraka va hurmat böladi». Men şu paytgaça xöjayinimning çöntagini kovlamaganman. Qiyinçilik paytlar ham bölgan, bolalarga tuzukroq ovqat qilib berolmagan kunlarimizni ham kördik. Ammo barçasi sabr bilan ötib ketdi».

Içidan nur taralayotgan inson
Suhbat davomida Muhammadolim akaning yuz-közlaridan, qilayotgan işidan qançalik mamnun ekanini seziş qiyin emasdi.
«Bu yoşda energiyani qayerdan olasiz deyişadi. Energiyani içimdan, özimdan olaman! Yoşim 70 ga yaqinlaşyapti, lekin orzularim hali ham bor. Nabiralarim katta bölib, şularning töyini köriş nasib qilsin», - deydi jilmayib.
Uning uyidagi ozodalik işdagi masʼuliyati bilan hamohang. Zulxumor opaning taʼkidlaşiça, Muhammadolim aka azaldan tozalikni yaxşi köradi. Hovlida bitta çöp yotsa ham eʼtiborsiz ötmaydi.

Xulosa örnida...
Biz köpinça köçalarimiz tozaligini tabiiy holdek qabul qilamiz. Biroq buning ortida Muhammadolim aka kabi yomğir-u qorda, jazirama issiqda xizmat qilayotgan, baʼzan bizning noörin muomalamizga ham sabr bilan javob qaytarayotgan mehnatkaşlar turibdi. Ular şunçaki çiqindi taşimaydi, ular şaharning nafas olişiga yordam beradi. Ularning maşaqqatli mehnati evaziga köçalarimiz körkam, uylarimiz fayzli. Azizlar, şunday insonlarning mehnatini qadrlaylik!