Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nevrologiya va neyroreabilitatsiya milliy tibbiyot markazi tashkil etildi
Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Nevrologiya va neyroreabilitatsiya milliy tibbiyot markazi deb qayta nomlandi.
«Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) ishtirokidagi «Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazini tashkil etish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- aholiga ixtisoslashtirilgan nevrologik yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish;
- sohadagi tibbiyot va ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiy va diagnostik asbob-uskunalar bilan jihozlash.
Loyihani amalga oshirish muddati 2025–2032 yillar etib belgilangan.
Qarorga ko‘ra, Respublika ixtisoslashtirilgan nevrologiya va insult ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Nevrologiya va neyroreabilitatsiya milliy tibbiyot markazi deb qayta nomlandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi JICA ko‘magida yaponiyalik mutaxassislar guruhini jalb etish uchun Yaponiyaning «Yakuzemi Information Education Center» konsalting kompaniyasi bilan xorijiy valutada 1 yil muddatga shartnoma imzolashi belgilandi.
Mavzuga oid
13:03 / 12.12.2025
AQSh va Yaponiya bombardimonchilari Xitoyga javoban mashg‘ulotlar o‘tkazdi
16:25 / 10.12.2025
Rossiya va Xitoy bombardimonchilari Yaponiya atrofida qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazdi
15:04 / 10.12.2025
Yaponiya Politico xabariga raddiya berdi: «YeI rejasiga qarshi emasmiz»
15:37 / 09.12.2025