«Dunyo» axborot agentligi xabariga koʻra, vatandoshlar Krasnodar oʻlkasida mehnat qilgan va turli qiyin vaziyatlar sababli ogʻir ahvolga tushib qolgan.

Oʻzbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda ularga zarur yordam koʻrsatib, aviachiptalar sotib olgan.

Koʻrilgan choralar natijasida vatandoshlar farzandlari bilan Oʻzbekistonga qaytarilgan.