Yaponiya taşqi işlar vaziri Takeşi Ivaya boşçiligidagi delegatsiya 26 avgust kuni rasmiy taşrif bilan Samarqandga keldi.

Mehmonlarni Samarqand xalqaro aeroportida Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Bobur Usmonov va Samarqand viloyati hokimligi mas’ullari kutib oldi.

Yaponiyalik diplomat dastlab SamAvto zavodida bölib, işlab çiqariş jarayonlari bilan tanişdi. Mazkur korxonada 2007 yildan buyon Yaponiyaning Isuzu Motors Ltd kompaniyasi va Itochu korporatsiyasi bilan hamkorlikda Isuzu şassisi asosida avtobuslar va yuk maşinalari, maxsus texnikalar işlab çiqarilmoqda. Zamonaviy, xalqaro standartlarga javob beradigan mazkur texnika vositalari içki bozor bilan birga xorijga eksport qilinadi.

Şundan söng delegatsiya Samarqand tumanidagi «Bobur agro innovatsiya» fermer xöjaligida böldi. Bu yerda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) kömagida uşbu davlatdan keltirilgan olma navlari parvarişlanmoqda.

Şuningdek, Ivaya Samarqanddagi tarixiy-madaniy yodgorliklarni ham tomoşa qildi.