Toşkent şahar hokimi Şavkat Umurzoqovning ta’kidlaşiça, poytaxtning asosiy muammolaridan biri quriliş çiqindilaridir. Şaharda har kuni 5−6 ming tonnaga yaqin bunday çiqindilar hosil böladi.

“Toşkent şahrida quriliş çiqindilari uçun maxsus poligon yöq, mavjudi ham juda uzoqda. Şu tufayli quriliş çiqindilari u-bu joyga taşlab ketilmoqda”, — dedi u Özbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida.

Umurzoqovning sözlariga köra, prezident Toşkentda yoki poytaxt yaqinida quriliş çiqindilarini qayta işlaş zavodini qurişga ruxsat bergan.

Hozirda hokimlik Britaniya kompaniyasi bilan muzokaralar olib bormoqda. Loyiha quriliş çiqindilarini qayta işlaş va ulardan ikkilamçi taxta, inert va metall materiallar oliş imkonini beradi. Hokim bu masalani hal qiliş bilan juda katta imkoniyat yaratilişini ta’kidladi.