Xitoyning moliyaviy resurslari va texnologiyalari Özbekiston uçun ança jozibador. Öz navbatida, Pekin ham Toşkent bilan munosabatlarga öz manfaati nuqtayi nazaridan qaraydi. Tomonlarni tarixan yaqinlaştiruvçi temiryöl qurilişi allaqaçon boşlangan. Kun.uz studiyasida siyosatşunoslar Kamoliddin Rabbimov va Alauddin Komilov Özbekiston yetakçisining Xitoyga taşrifi haqida söz yuritdi.
Kamoliddin Rabbimov: Dunyoning eng qudratli va eng katta iqtisodiy salohiyatga ega davlati AQŞ biz uçun geografik jihatdan sayyoraning narigi tomonida joylaşgan. Sönggi 30 yilda esa dunyodagi ikkinçi qudratli davlat, xarid qobiliyati paritetiga köra birinçi örinda turuvçi mamlakat bu – qöşnimiz Xitoy Xalq Respublikasi. Andijondan Xitoy çegarasigaça atigi 150 km. Orada faqat Qirğiziston bor, xolos.
Özbekiston va Xitoy rahbarlari uçraşuvi çoğida Özbekiston-Qirğiziston-Xitoy temiryöli loyihasi haqida ham söz bordi. Rahbarlar bu loyihada real işlar boşlanganini ta’kidladilar. Uşbu temiryöl strategik ahamiyatga ega. Özbekistonning tarixiy orzularidan biri – faqat şimolga boğlangan temiryöl yönalişiga muqobil yöllar quriş edi. Bu muqobil yönalişlardan biri şarq yönalişi bölib, Farğona vodiysi orqali Qirğiziston va Xitoyga çiqişni nazarda tutadi. Hozirgaça bu yönalişda temiryöl mavjud emas edi, hozir esa qurilişi boşlandi. Ukraina-Rossiya uruşi ham bu jarayonga bevosita ta’sir körsatdi. Rossiyaga nisbatan sanksiyalar kuçaygaç, Xitoyga muqobil transport yöllari zaruratga aylandi. Aslida bu loyiha 1990-yillarda Özbekiston tomonidan ilgari surilgan, biroq öşanda Xitoy bu taşabbusga unçalik qiziqmagan edi.
Tarixan dunyodagi eng muhim savdo yöllaridan biri – Buyuk ipak yöli dengiz yöllari rivojlangaç öz ahamiyatini yöqota boşladi. Dengiz yöllari tez, arzon va xavfsiz bölgani uçun, Buyuk ipak yöli asta-sekin töxtab qoldi. Bu esa Markaziy Osiyo iqtisodiy salohiyatiga salbiy ta’sir körsatdi. Hozir esa dunyo rivoji yangi bosqiçga çiqdi: dengiz yöllari haddan taşqari tölib-toşgan. Şuning uçun Xitoy ham, boşqa davlatlar ham quruqlik orqali barqaror va arzon temir yöllarga ehtiyoj sezmoqda. Ilgari bu texnik jihatdan qiyin edi, bugun esa imkoniyat bor.
Şuningdek, AQŞ-Xitoy ziddiyati fonida ham quruqlik yöllari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu ikki mamlakat örtasidagi ehtimoliy mojarolar aynan dengiz hududlarida bölişi mumkin. Şu sababli Xitoyga tinç va barqaror quruqlik yöllari kerak böladi. Özbekiston va Markaziy Osiyo uçun esa şimolga boğliqlikni kamaytiriş uçun şarqiy yönalişda Xitoyga çiqiş katta ahamiyatga ega.
Sovet ittifoqi parçalanganidan söng, uzoq yillar davomida Özbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkori Rossiya bölib kelgan. Rossiyaning uluşi 33-35 foiz atrofida edi. Biroq sönggi 5-6 yilda Xitoy birinçi raqamli hamkorga aylandi. Bugungi kunda Xitoyning Özbekiston taşqi savdosidagi uluşi 23 foizni taşkil qiladi. Bu juda katta körsatkiç.
Alouddin Komilov: Özbekiston va boşqa Markaziy Osiyo davlatlari ham “Yagona Xitoy” siyosatini tan oladi. Bu borada davlat rahbari ham alohida ta’kidlab ötdiki, Özbekiston uşbu prinsipga sodiqdir.
Sönggi yillarda Xitoy tomonidan ilgari surilayotgan, AQŞga alternativ bölişi mumkin bölgan bir qator global taşabbuslarni ham kuzatmoqdamiz. Bu taşabbuslar yangi global tartibot şakllantiriş, köp qutbli dunyo tuzişga xizmat qiladi. Jumladan: Global xavfsizlik taşabbusi, Global taraqqiyot taşabbusi, Global sivilizatsiyalar ittifoqi taşabbusi. Mazkur taşabbuslar Özbekiston tomonidan ham qöllab-quvvatlanayotgani ta’kidlandi.
Yuqorida aytib ötilganidek, Xitoy Özbekiston uçun eng muhim hamkorlardan biridir. Bu hamkorlik nafaqat taşqi siyosatda, balki içki siyosat va milliy taraqqiyot strategiyalarida ham muhim rol öynaydi. Özbekiston uçun transport infratuzilmasi, qişloq xöjaligi, ta’lim, investitsiya va biznes aloqalari kabi yönalişlarda Xitoyning ahamiyati katta. Xitoy investitsiyalari va biznesi Özbekistonning milliy rivojlaniş dasturlarida muhim örin tutadi.
Suhbatni batafsil YouTube platformasida tomoşa qilişingiz mumkin.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.











