Prezident Şavkat Mirziyoyev 4 sentabr kuni qişloq xöjaligida qöşilgan qiymat zanjirini yaratiş çora-tadbirlari böyiça taqdimot bilan tanişdi.

Rasmiy xabarda aytilişiça, qişloq xöjaligida hamon yaşirin iqtisodiyot uluşi yuqori. Yetiştirilgan mahsulotning hammasi ham hisobotlarda qayd etilmaydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini sotişda qöşilgan qiymat soliği 12 foizni taşkil etmoqda.

Mazkur masala prezidentning tadbirkorlar bilan oçiq muloqotida kötarilgan edi. Davlat rahbari bu borada dehqon va fermerlarga qulaylik yaratiş, soliq yukini yengillaştiriş böyiça mutasaddilarga körsatma berdi.

Şunga muvofiq, Xalqaro valuta jamğarmasi, malakali xorijiy va mahalliy ekspertlar iştirokida qişloq xöjaligini «soya»dan çiqariş böyiça takliflar işlab çiqildi.

Unga köra, kelasi yil 1 yanvardan boşlab, qişloq xöjaligi korxonalari dehqon va fermerlarga özi yetiştirgan qişloq xöjaligi mahsulotini (ğalla va paxtadan taşqari) sotişda qöşilgan qiymat soliği nol stavkada böladi.

Şu bilan birga, mahsulotni yetiştirişda uruğ, öğit, yoqilği, transport, elektr kabi xarajatlar uçun hisobga olingan QQSni qaytarib beriş amaliyoti ham saqlanib qoladi. Natijada fermer va dehqonlar ixtiyorida yiliga 300 milliard söm mablağ qoladi, yana 400 milliard sömlik soliqni qaytarib oliş imkoniyati böladi.

Mutasaddilarga bu yangi tizimni dehqon va fermerlarga tuşuntirib, samarali yölga qöyiş, oziq-ovqat mahsulotlari yetiştirişni rağbatlantiriş böyiça körsatmalar berildi.