Davlat rahbari bugungi tahlikali zamonda mamlakatimizda jamoat xavfsizligini işonçli ta’minlaş eng ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi. Şu maqsadda Içki işlar vazirligida Jamoat xavfsizligi departamenti taşkil etilgan bölib, uning tarkibiga huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat tartibini saqlaş, yöl harakati xavfsizligi va probatsiya xizmatlari birlaştirilgan. Hozir mazkur departament IIV şaxsiy tarkibining qariyb 30 foizini taşkil etadi.
Ta’kidlanganidek, bunday katta va murakkab tizimni samarali boşqariş hamda qat’iy nazorat qiliş yangiça yondaşuvni talab qiladi. Şu munosabat bilan taqdimotda sohada zamonaviy boşqaruv va raqamli nazorat mexanizmlarini joriy etiş, samaradorlik körsatkiçlarini “Jazolovçi tizimdan – aholiga xizmat körsatuvçi tizimga” tamoyili asosida qayta işlab çiqiş böyiça takliflar muhokama qilindi.
Mahallalarda profilaktika işlarini taşkil etiş holatiga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda respublikadagi qariyb 9 ming mahallada 10 mingdan ziyod profilaktika inspektori xizmat qilib kelmoqda. Ötgan yili ular aholidan kelib tuşgan 2,5 milliondan ziyod arizani körib çiqqan, 470 mingdan ortiq holat böyiça materiallar sudga yuborilgan. Şu bilan birga, profilaktika inspektorlari faoliyati ustidan ortiqça boşqaruv böğinlari köpayib ketgani oqibatida mahalla xavfsizligi va jinoyat profilaktikasiga yetarli e’tibor qaratilmayotgani qayd etildi.

Şu munosabat bilan profilaktika inspektorlarini ortiqça vazifalardan xalos etib, ularning bevosita öziga yuklatilgan işga – mahallada xavfsizlikni ta’minlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş va aholi muammolari bilan manzilli işlaşga töliq yönaltirilgan tizim yaratiş zarurligi ta’kidlandi.
Jumladan, kunlik onlayn yöriqnoma ötkaziş, “Mening inspektorim” elektron tizimi orqali xizmatni taşkil etiş, sud-tibbiy ekspertiza muassasalari bilan elektron ma’lumot almaşişni joriy qiliş, profilaktika inspektorlarini işdan ajratmagan holda onlayn öqitiş va malakasini oşiriş, mahallada xavfsizlikni ta’minlaşga kömaklaşuvçi “jamoat yordamçisi” guruhlari faoliyatini yölga qöyiş taklif etildi.
Inspektorlarga ayrim huquqbuzarliklar böyiça qaror qabul qiliş vakolatini beriş, 6 ta kam ahamiyatli qilmiş böyiça ma’muriy ogohlantiriş tizimini joriy etiş taklif qilindi.
Bu orqali inspektorning mahalladan çiqmagan holda iş olib borişi, samaradorligi ortişi va köproq aholi bilan yaqindan işlaş imkoniyati yaratilişi ta’kidlandi.









