Özbekistonda minimal pensiya yoşini oşiriş rejalaştirilyapti. Bu haqda Pensiya jamğarmasi ijroçi direktori Murodbek Otajonov ma’lum qildi, deya xabar berdi Spot.

Pensiya islohoti loyihasiga köra, erkaklar uçun pensiya yoşi hozirgi 60 yoşdan 63 yoşga, ayollar uçun esa 55 yoşdan 58 yoşga oşirilişi közda tutilyapti. Bu jarayon bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi – har yili yarim yildan qöşib boriladi.

Otajonovning ta’kidlaşiça, dunyoning köplab mamlakatlarida minimal pensiya yoşi 65 yoşdan yuqori. Özbekistonda esa «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti töğrisida»gi qonun qabul qilinganidan buyon, ya’ni 32 yildan beri pensiya yoşi oşirilmagan. «Faqat Özbekiston qoldi, boşqa davlatlar allaqaçon pensiya yoşini kötardi», — degan u.

Şuningdek, Pensiya jamğarmasi direktori mamlakatda örtaça umr köriş davomiyligi ortib borayotganini qayd etdi. Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, bugungi kunda bu körsatkiç 75 yilni taşkil etyapti.

Otajonovning qöşimça qilişiça, pensiya yoşini oşiriş böyiça yakuniy qaror hali qabul qilingani yöq. Pensiya jamğarmasi aholining pensiya tizimini isloh qilişga oid takliflarini yiğiş uçun maxsus platforma işga tuşirişni rejalaştiryapti. Takliflar bir oy davomida qabul qilinadi. Söng ularni örganib çiqib, qayta muhokamadan ötkaziş, zarur özgartirişlar kiritiş va pensiya islohoti loyihasini jamoatçilikka rasman taqdim etiş közda tutilgan.

Bundan taşqari, Murodbek Otajonov pensiya yoşini kötarişda yumşoqroq variantni ham körib çiqiş mumkinligini bildirdi. Ya’ni har yili yarim yoş emas, balki uç oydan oşiriş. Bu holda pensiya yoşi har tört yilda bir yilga kötariladi va islohot 12 yil davom etadi.