Prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Yiğilişda Toşkent şahri va tumanlari hokimlari ham qatnaşdi. Toşkent viloyatidagi ayrim böş yerlar “Toşkent invest” kompaniyasi va şaharning sanoat zonalari direksiyasiga ajratilib, ularga ekologiyaga zarar keltirayotgan korxonalar köçirilişi aytildi.

Viloyatda 2 milliard 500 million dollarlik investitsiyaviy loyihalar işlab çiqilgan. Ularning natijasida 11 mingdan ziyod aholi bandligi ta’minlanadi, 434 million dollarlik eksport quvvati yaratiladi.
Prezident loyihalar bilan atrofliça tanişib, qöşimça imkoniyatlarni körsatib ötdi.
– Toşkent viloyati sanoatda ham, qişloq xöjaligida ham eng katta salohiyatga ega hudud. Asosiysi, viloyat yurtimizdagi eng yirik iste’mol va xizmatlar bozorini, ya’ni poytaxtimizni har tomondan örab turadi. Bu ham juda katta imkoniyat. Uni töliq işga solib, investitsiya, eksport va iş örni körsatkiçlarini karrasiga oşirsa böladi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.








