Tesla rahbari Ilon Mask Oracle rahbari Larri Ellisondan özib ketdi va dunyodagi eng boy odam unvonini qaytarib oldi.

Bloomberg milliarderlar indeksiga köra, 11 sentabr kuni Maskning boyligi 384,2 milliard dollarga baholangan, Ellisonniki undan 1 mlrd dollar kam.

Larri Ellison 10 sentabr kuni öz kompaniyasi aksiyalari keskin kötarilganidan keyin qisqa muddat reytingda birinçi örinni egallagan edi. Bir kun içida Ellisonning boyligi 101 milliard dollardan oşib, 393 milliard dollarga yetdi, bu tarixdagi rekord darajadagi bir kunlik ösişdir. Şu bilan birga, Maskning boyligi taxminan 385 milliard dollarni taşkil qilgan.

Biroq öşa kuni keçqurun AQŞdagi birjalar yopilganidan söng, Mask yana yetakçiga aylandi. Ilon Mask birinçi marta 2021 yilda uşbu poğonaga çiqqan, biroq keyin Amazon asosçisi Jyeff Bezos va LVMH asosçisi Bernar Arnoga qisqa muddatga boy bergan.

Milliarderlar boyligining özgarişi ularning kompaniyalari aksiyalari kursiga bevosita boğliq. Aksiyalar qiymati keskin kötarilganda yoki pasayganda, mulkdorning holati şunga mos ravişda özgaradi.