Navoiy viloyatida Damas haydovçisi 23 nafar boğça bolasini mast holatda taşib ketayotgani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar berdi.
Hodisa 15 sentabr kuni Navoiy viloyatining Navbahor tumanida sodir bölgan. Nazorat tadbirlari davomida töxtatilgan Damas avtomaşinasi salonida 23 nafar bola va 2 nafar tarbiyaçi borligi aniqlangan.
Fuqaro maxsus uskuna yordamida körikdan ötkazilgaç, mast holatda ekani ma’lum bölgan. Şuningdek, uning haydovçilik guvohnomasi ham, avtomobilni boşqariş huquqi ham yöqligi aniqlangan.
«Bir kun oldin çarçagan edim, şuning uçun pivo içgan edim», dedi haydovçi.
Unga nisbatan tegişli tartibda çora körilgan holda transport vositasi vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga joylaştirilgan.








