Ekopolitsiya xodimlari tomonidan Navoiy viloyatida ösimliklardan noqonuniy foydalaniş holatlarini aniqlaş va oldini oliş maqsadida ötkazilgan reyd davomida Nurota tumani Qizilça mahallasi hududidagi toğ massivida sassiq kovrakni noqonuniy yiğib oliş holati aniqlandi.

Ma’lum qilinişiça, fuqarolar Ç.A. va E.B. Surxondaryo viloyati Uzun tumani fuqarosi Ç.X. rahbarligida yollanma işçilar guruhi iştirokida yovvoyi holda ösuvçi ösimliklarni kesiş hamda ularning şirasini yiğiş bilan şuğullangan. Natijada jami 7 500 tup sassiq kovrak ösimligiga zarar yetkazilgan.

Huquqbuzarlardan aşyoviy dalil sifatida elektron tarozi, ösimliklarni kesiş va şirasini yiğiş uçun möljallangan piçoqlar, tarkibida qum aralaşmasi bölgan 2 070 gramm şira va 220 gramm toza şirasi olib qöyildi.

Hisob-kitoblarga köra, ularning noqonuniy harakatlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar 3 mlrd 90 mln sömni taşkil etdi.

Reyd tadbirlari davomida töplangan materiallar huquqiy baho beriş va çora köriş maqsadida tegişli taşkilotlarga yuborildi.